Sahifa yuklanmoqda . . .


Besehr ertak

Biz uch og‘a-ini edik,
Qo‘shchi edik mehnatkash.
Akam bir kun yer timdalab,
Zerikdimi, dedi:— Bas!..
U sehrli daryo suvin
Ichaverdi simirib...
Daryo bo‘lib ketdi akam,
Qirg‘oqlarni yemirib.

Biz uch og‘a-ini edik,
Mehnatda edik fido.
Ho‘kiz quvib charchadimi,
Ukam ham bir kun — e voh!—
Bir jodugar qush ortidan
Chopaverib adashdi...
Shamol bo‘lib ketdi ukam,
To‘ldirib dala-dashtni.

Daryo bolam — alqar otam,
Shamol bolam — suyunar.
Mening esa shudgor kechib,
Tovonlarim o‘yilar.
Ming yillarki, qo‘sh haydayman —
Peshonamda achchiq ter...
Meni ham bir olqang, ota!
Men yer bo‘ldim, ota, yer...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

43 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ertak aka uka ota daryo shamol yer qo'shchi
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari