Sahifa yuklanmoqda . . .


Sevgi

Yo‘g‘-u borimga bois borliqsan, sevgi,

Yagona yordan yolg‘iz yorliqsan, sevgi.

 

Yuragimni tars yorgan lazzatsan, lazzat,

Ongimdagi abadiy og‘riqsan, sevgi.

 

Kapalak chang chalganda sochilgan changsan,

Chumoli torta kelgan tortiqsan, sevgi.

 

Momo Havo to‘ymagan havosan, harir,

Odam Ato so‘ymagan jonliqsan, sevgi.

 

Cho‘kayotib tutganim xassan, men uchun –

Sevgilimdan ming karra ortiqsan, sevgi.

 

1995


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 14-Sentabrda yuklangan

104 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sevgi yor lazzat chumoli havo
Muallif
Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Batafsil


Yangi She'rlar Iqbol Mirzo She'rlari Iqbol Mirzo asarlari