Sahifa yuklanmoqda . . .
She'rlar - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
Jilg‘alarning suvi bir bo‘lib, Guvillaydi timnimsiz dara. Tog‘ o‘ylaydi pastga termilib, “Men buyukman soylardan ko‘ra!”
Kunbotishda tilla rang shafaq, Kunchiqishda kumush rang jilo… Men kimgadir qilmadim shafqat Va kimgadir qildim iltijo.
-Ey qushginam, kuylab ber bir oz, Taranglashgan ruhimni yumshat. -Erkin bo‘lsam kuylardim mumtoz, Avval meni qafasdan bo‘shat!
Tinch, sokin xonamda tun uxlar, Ilhomga yo‘g‘rilmish tanasi. O‘sha tun she’rimni opichlar, O‘sha tun she’rimning onasi.
Ro‘paramda yuksak qoya, Chiqmoqqa yo‘q pillapoya. Yuqmasin deb sha’nimga gard, Mening o‘zim chiqmog‘im shart.
Osmonda bir burgut uchib yuribdi, Qanotin silkitar mag‘rur va masrur. Eh, uning ko‘zlari yonib turibdi, Otash nigohida qat’iy bir g‘urur.
Tug‘yonli dengizni eslayman, Men unda ko‘raman salobat. Dengizdek bo‘lmoqni istayman, Gohida qumsayman halovat.
Tun chodirin yopinadi kelinday, Sayyoralar pirpiraydi boshimda. Hasos o‘ylar tortqilashib qo‘limdan, Sukut qizi ta’zim qilar qoshimda.
Turnalar arg‘amchi yasarlar, Mung bilan yo‘g‘rilmish ovozi. Turnalar parvozda o‘sarlar, Bulutdan balanddir parvozi.
Ufqning yuzi qizardi sag‘al, Maysa hidi kirdi-ku qonga. Kutgan edim uni ko‘p mahal, Bahor keldi O‘zbekistonga.
Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey! Tong otmasdan o‘chsang qanday yomon-ey! Tun qo‘ynida qoldirma sen hech kimni, Nur ko‘rmasa, kaminang ham tamom-ey! Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey!
Ezgulik abadiy kuylanar, Tillardan tushmaydi bir nafas. Yillar g‘ildiragi aylanar, Hayotim yillarga hamnafas.
Boshimizda bir parcha osmon, Poyimizda bir qism tuproq. Otingni ko‘p qistama, o‘g‘lon, Yana o‘zing bilasan biroq…
Bobom tengsiz edi ertak bobida, Rom qilib qo‘yardi gapirib turib. Ketib qolar edim uzoq uzoqlarga, Uchar gilamlarda o‘tirib.
Cheksiz ufqlarni quchmoq istayman, Yulduzlarga etsa deyman oyog‘im. Uzoq -uzoqlarga uchmoq istayman, Qushlar parvozini kuzatgan chog‘im.
Tong, she’rimga nafosating ato qil deb qistayman, Go‘zallikda u tengsizdir, suluv qizga o‘xshagan. Yog‘du to‘la siynasidan bo‘sa olmoq istayman, U – ilhomdir, tutqich bermay oq qog‘ozga tushmagan.
Ona, tashvishim tortib, goh opichlab ko‘tarding, Gohida alla aytding, dilingni anglamasam. Goho uzoq tunlarni bedor qilib o‘tkarding, Axir uxlay olmasdim, allangni tinglamasam. Bunchalar dilrabosan onaginam allasi? Buncha ohangrabosan, onaginam allasi?
Ko‘klam kirib kelar ko‘zlarga, Yiroqlardan kelar shamollar. Husn berar bahor qizlarga, Yashnab ketar bizni tomonlar.
O‘rtamizda behudud yo‘l, Qanotim yo‘q, uchar bo‘lsam. Etmas balki uzatsam qo‘l, Eshitmasman quloq solsam.
Ko‘zlarim pirpirab, Qovog‘im uchib, O‘ychan borar edim tashlab ko‘z qirim. So‘nggi o‘rindiqda bir-birin quchib, Tinglab borar edi ular bir-birin.
Bu yerda quyosh ham fayz bilan botar, Ajoyib sha’n bilan to‘shalar shomlar. Dalalar dengizdek hansirab yotar, Shu yerda yuz ochar kumush rang tonglar.
Shamollar daraxtni bargini uzar, Shamollar qamchilab junjitar tanim. Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar, Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.
Qadrdon do‘stimdan xat oldim bugun, Sibirlik jo‘ramni esladim yana. Onajon, xursand bo‘l farzanding uchun, Farzanding do‘stini kutmoqda, ona!
Nogohonda elitsa uyqu, Gar hushimni chulg‘asa ro‘yo, Zarb bermasa qalbimda g‘ulu, Men orzudan voz kechgum, Dunyo!