Sahifa yuklanmoqda . . .


Tug‘yonli dengizni eslayman...

Tug‘yonli dengizni eslayman,
Men unda ko‘raman salobat.
Dengizdek bo‘lmoqni istayman,
Gohida qumsayman halovat.

O‘ylarim oqadi yiroqqa,
To‘lqindek isyonga u shaydir.
Tutaman o‘zimni so‘roqqa:
-Nahotki qalbimga o‘xshaydi?

Tunlarni quvaman izma-iz,
Uyg‘oqman, qochadi uyqular.
Ko‘ksimda hokimdir toshqin his,
Fikrimni chulg‘aydi tuyg‘ular.

Qo‘nim ham bo‘lmaydi, tinmas hech,
Tuyg‘ular ishq bo‘lib porlaydi.
Sukutga, oromga ko‘nmas hech,
To‘lqindek jo‘shmoqqa undaydi.

1973


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

33 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tug'yon dengiz salobat halovat o'ylar to'lqin qalb
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari