Sahifa yuklanmoqda . . .


Ona allasi

Ona, tashvishim tortib, goh opichlab ko‘tarding,
Gohida alla aytding, dilingni anglamasam.
Goho uzoq tunlarni bedor qilib o‘tkarding,
Axir uxlay olmasdim, allangni tinglamasam.
Bunchalar dilrabosan onaginam allasi?
Buncha ohangrabosan, onaginam allasi?

Dunyoga kelib neki, ezgulikni ko‘ribman,
Bariga o‘zing guvoh, qo‘llarimdan tutgansan.
Ne tong, sendan yiroqda she’r ishqida yuribman,
Balki she’rga ishqimni allalab uyg‘otgansan.
Ona tilim timsoli, onaginam allasi,
Tirikligim kamoli, onaginam allasi,

Mehringday bir quyoshni topolmadim hech qachon,
Onajon, sen so‘ylasang, tog‘u toshlar qolar jim.
Shodlikdan to‘lib -toshsam, quvonasan, onajon,
Boshimga g‘am tushganda o‘zing yolg‘iz quvonchim.
Ta’zimga egik boshim, onaginam allasi,
Ham oyim, ham quyoshim, onaginam allasi.

1970


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

86 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ona tashvish dil tun dilrabo ona allasi
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari