Sahifa yuklanmoqda . . .


Istak

Bobom tengsiz edi ertak bobida,
Rom qilib qo‘yardi gapirib turib.
Ketib qolar edim uzoq uzoqlarga,
Uchar gilamlarda o‘tirib.

Chambilu Ko‘hiqof, bog‘i Eramga,
Go‘ro‘g‘li yurtiga borib qaytardim.
Oshiq bo‘lib Barchin latofatiga,
Alpomish kuchiga tahsin aytardim.

Juda o‘xshash ekan ertak va olam,
Ijobat toparkan inson matlabi.
Shundan beri men ham ancha ulg‘aydim,
Botir yigit bo‘ldim Alpomish kabi.

Yulduzga uchaman endi istasam,
Hohlasam o‘t chiqar zamin qa’ridan.
Lekin bir muddao tinchimni buzar,
Bir istak zo‘r chiqar doim baridan.

Qo‘limdan tutgancha shoshirar hayot,
Men ham g‘irotimni mudom qistayman.
Ammo hamon o‘sha – bobom aytib bergan
Uchar gilamlarda uchmoq istayman.

1972


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

16 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bobo ertak uchar gilam
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari