Sahifa yuklanmoqda . . .
So'z - Asarlar - so'z so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Sizning vaqtingizni olmayman bekor, Axir, har bir satr so‘mli, tiyinli... Ammo she’r so‘ngida bir savolim bor: Vijdon bilan yashash shuncha qiyinmi?
"Paxtakor"ning halok bo‘lgan o‘yinchilari xotirasiga. Yomg‘irlar quyadi. Qor o‘tar yog‘ib... Men-chi, topganim yo‘q, hanuz yupanch so‘z.
Saharning salqinini O‘tga otdi saraton. Sahroning o‘rtasida Shamol qovjirab yondi.
Dedilar: yashamoq — umrlik kurash... Kurashdim — shon uchun, rizqu ro‘z uchun. Kurashdim sevgi deb — ko‘ksimda otash, Kurashdim — qush kabi erkin so‘z uchun.
Xiyonatning yuzi chiroyli, Lablarida mayin tabassum, So‘zlari ham samimiy — Ayni Sadoqatday kamtar, kamsuqum.
Qudratingdan yaraldi olam, Yetti kunda yo‘qdan qilding bor. Darig‘ tutma mehringni mendan, So‘zsiz qoldim. Tangrim, so‘z yubor.
Sir ko‘p olam qa’rida, Mo‘jizaga kon olam, Bu hayotning bag‘rida Mo‘jizadirman men ham...
Sen buyuk aktyorsan. Besarhad. Ulkan. Jumla jahonni zabt etmog‘ing mumkin. Zal kuldi, yig‘ladi mahoratingdan, Men ham burchagimda yig‘ladim, kuldim.
Shuhratga o'ch bo'lsam kerak men gumroh, Yolg'on bo'lsa kerak dilda nolam ham. To'pori baytlarim bitar paytim goh Ko'zimga ko'rinmay qolar bolam ham.
Mayda mish-mishlardan zirqirar tovon, Unganmiz-ku asli bitta tuproqdan. U kuni she’rimni tinglab, bir nodon Meni maqtab qo`ydi: falon qishloqdan.
Ko‘pdan beri sevaman uni, Lek aytolmam, so‘zlarim mubham. Ammo u qiz bundan bexabar, Yuragimni bosar zilday g‘am.
Ona, o‘lma, agar sen o‘lsang, O‘zim bilmay biror ayb qilmay. Mehr izlab, shirin so‘z izlab, Har eshikda sarg‘ayib yurmay.
Bir ajib hol: mish-mishlarga boqsam, chevrada ko‘zga ilinarli odam qolmabdi. Tasavvur qilyapsizmi, odam yo‘q! Suv bo‘lmasa, qurg‘oqchilik bo‘ladi, narsa bo‘lmasa, yo‘qchilik bo‘ladi, pul bo‘lmasa, kambag‘alchilik bo‘ladi, yemak bo‘lmasa, ocharchilik bo‘ladi, Odam bo‘lmasa-chi?!
Bir halol yumushga bormaydi qo‘li, Har qayda so‘z bilan aybin yopadi. Faqat bir jumlani takrorlar tili: “Yaxshi ot, do‘stlarim, keyin chopadi!”
Topolmay so'z ta'riflarim sayqalga, O'xshataman azim daryo baykalga, Bosh egaman qarshimdagi haykalga. So'rayman ulardan pinhona izoh.
Ishdan kelsam hovli betartib, Xuddi uyda kelinim yo'qday. Dadamizga murojaat qildim Eshittirib kelinga atay: - Dadasi-chi, endi bozordan Oyog'i bor supurgi oling. Qolib ketsa yo'lakda darrov Topib olsin o'zi o'z joyin...
Kuyov bolam, o'z bolam, Mani qorako'z bolam, Dilimda bir so'z, bolam, Qizim yomon - siz yaxshi. Erka bolam, arslonim, Oyim turgan osmonim, Qo'lingizdadur jonim, Qizim yomon - siz yaxshi...
Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin, Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin. O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak, Xuddi shundan boshlanadi bizning ertak. U ayollar ichra biri go’zal edi, O’zi yosh-u, ammo so’zi masal edi. O’sha erkak qarab sekin o’ng-u chapga, U ayolni quvlik bilan soldi gapga...
Ko’plar donishmand deb bildilar o’zni, Xudoning zotidan ochdilar so’zni. Hech biri bilolmay azal sirlarin, Aljirab-valjirab yumdilar ko’zni.
Toatmi yo kufr so’zi – bir nafas, Shak-shubha, haqiqat ko’zi – bir nafas. Shul damni quvonchsiz o’tkazmoq abas, Umrimiz hosili o’zi – bir nafas.
Yo’qlikdan kelgandir bu bahri vujud, Tahqiq durrin hech kim terolmas xushnud, Har kim har xil so’z der – o’ziga monand, Haqiqat so’zini aytmoqqa noshud.
Faqat ilm bilan balandmas odam, Ahd-u vafo bilan baland-past odam. So’zi bilan ishi bir kelsa agar, Har narsadan baland, muqaddas odam.
Deding: “Haqiqat ne? Nimadir odam?” So’zlasam, cho’zilib ketadir qissam, Haq uni undirib daryo qa’ridan, Qa’riga otadi yashatmay bir dam.
So’zimga quloq os, ey do’sti a’lo, Dunyo ishlarini o’ylama aslo, Qanoat go’shasin aylabon makon, Olam ishlarini qilgil tomosho.