Sahifa yuklanmoqda . . .


Ona, o‘lma, agar sen o‘lsang...

Ona, o‘lma, agar sen o‘lsang,
O‘zim bilmay biror ayb qilmay.
Mehr izlab, shirin so‘z izlab,
Har eshikda sarg‘ayib yurmay.

Ona, o‘lma, agar sen o‘lsang,
Chidolmayman kamu ko‘stimga.
Ushlab turgan osmonni Xudo
Tashlab yuboradi ustimga...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 16-Aprelda yuklangan

32 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ona o'lim hayot dunyo azob mehr so'z osmon
Muallif
Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Baxt bekati” nomli kitobi chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida faoliyat yuritadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Odiljon She'rlari Shavkat Odiljon asarlari