Sahifa yuklanmoqda . . .


Navoiy

I

Qudratingdan yaraldi olam,
Yetti kunda yo‘qdan qilding bor.
Darig‘ tutma mehringni mendan,
So‘zsiz qoldim. Tangrim, so‘z yubor.

So‘z yo‘q. Garchi tug‘yonlarimdan,
Barcha yo‘qlik tushar larzaga.
Bir so‘z bergil — men yarataman,
Bu olamni yetti lahzada.

II

Quyosh bo‘lib osmondan boqding,
Zor qilding-ku, yo‘lingga — kelgin!
Men hammani olovda yoqdim,
Faqat o‘zim muzladim, sevgim...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

142 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
navoiy so'z olam qudrat kun mehr tug'yon lahza
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari