Sahifa yuklanmoqda . . .
Jang - Asarlar - jang so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Mening ko‘kragimda otlar chopadi, Mening ko‘kragimda beayov qirg‘in. Ming bitta yuragim o‘lim topadi, Ming bitta hayotim bo‘ladi surgun.
O‘zingni ayama, Beshafqat bo‘lgin. Joningga solib tur gohida burov. Shunda Topiladi Xoin bo‘laging — Unga rahm qilma, Qatl et darrov.
Bir, ikki... To‘xtang! Darsni boshlaymiz. Kecha o‘tgan edik yugurib jang qilishni, ammo mudom «ura!» deb yugura olmaymiz. Ahvol tang bo‘lganda emaklash ham shart.
Yuragimda tinchim yo‘q, Dunyodan ilinjim yo‘q. Xudodan o‘tinchim yo‘q Sizga qolgan kunim bor.
Ko‘kda suzib yurgan o‘zga sayyoraliklarning uchar likopchasi shiddat bilan uchib kelib shahar hovlilardan biriga qo‘ndi. Likopchadan tushgan o‘zga sayyoralik atrofga alangladi va qo‘lidagi pult tugmachasini bosib, uchar likopchasini ko‘rinmas holga keltirganidan so‘ng asta qadam tashlab, xonalardan biriga kirdi. Xonada esa bizning qahramonimiz, 12 yoshlardagi Abdurayim polvon dushmanlar bilan ayovsiz jang olib bormoqda edi. Kompyuterda, albatta. O‘zga sayyoralik ohista yo‘taldi, ammo Abdurayim eshitmadi. O‘zga sayyoralik yana bir bir necha bor yo‘taldi, biroq o‘yinga jon-dili bilan berilib ketgan, goh-goh “Tep!.. O‘t och!.. Avtomatmi bu, hassami?.. Chapga ot, chapga!.. Sotqinni portlat!.. E-eh!..” deb bo‘kirib qo‘yayotgan polvonimiz uni yana eshitmadi.
O‘lum uyqusig'a borib jahondin bo‘ldum osuda, Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda. Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz, Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda. O‘zungni shod tutqil, g'am yema dunyo uchun zinhor, Ki, bir dam g'am yemakka arzimas dunyoyi farsuda. Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo topilg'aymu, Seningdek dard paymo-vu meningdek dard paymuda. Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur, Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg'aymen osuda.
Nafsim-la jangdamen doim, ne qilay? Shul dard-la o’tar yil-oyim, ne qilay? Deylik, karam-la afv etarsen, lekin Uyatdan o’lurmen, Xudoyim, ne qilay?
Sezyapsanmi, yog’moqda yomg’ir, Butun dunni yuvmoqda osmon. Yelkamdagi shaytonni haydab, Ko’zlarimga tikildi Rahmon: -Nega ko’ksing og’riqqa to’lgan, Qorachig’ing bo’yalmish g’amga? Mayli, yig’la sirlaring aytib, Bu g’am ko’plik qilar odamga. Nogoh sening so’zing esladim, Yuzlarimga yugurdi kulgu...
Bu she'r ayol sha’niga, sadoqat hurmatiga, fidoyilik hikmatiga bitilgan qo‘shiqday jaranglaydi. Hissiy shiddat, hayajon po‘rtanasi, so‘zlarda nafas olayotgan jon kitobxonni larzaga soladi. Bunday she’rlarni tuyg‘u tug‘yonlarisiz o‘qish mumkin emas. Bu she’r har qanday, hatto johil odamning ham yuragidagi qorong‘u burchaklarni yorita oladi. Unda balqigan toza samimiyat odamlarni bir-biriga yanada samimiyroq qiladi, insonga toza nazar bilan qarashni o‘rgatadi. Poklik qadriga yetishga undaydi.
Ushbu asar inson sha'niga bitilgan qasidadir. Unda insonning botiniy va zohiriy olamidagi chigalliklar va murakkabliklar o'ta nozik tarzda ifodalangan. Xususan, shoir unda insonning bugungi kamoloti, inson dahosining zakovati, fan-texnika bobida erishgan mislsiz zafarlari haqida yozar ekan, bu taraqqiyot tufayli bugungi kunda inson jahon ayvoniga "arkon" (ustun) darajasiga ko‘tarilganini ayta turib, shu "arkon" ayni paytda "vayron" ekanini ham pisanda qilib o‘tadi...
Qadim-qadimdan urushlar tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo‘lgan, ayollar tul, bolalar yetim qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qishloqlar kultepaga aylangan. Shuning uchun ham yuragida odamzodga mehr-muhabbat bo‘lgan har qanday inson hamisha janglarga qarshi chiqqan. "Nido" dostonida ham insoniyat boshiga katta kulfatlar keltiruvchi balo - urush qattiq qoralanadi. Asar avtobiografik xarakterga ega...
Bu she'r Toshbibi (Toshbu) ismli ayolning yoriga sadoqati, ahdiga vafosi, tugalmas bardoshi va metin irodasini tarannum etadi. Yorini og'ir jangga kuzatgan bu ayol kelinlik zeb-ziynatlarini sandiqqa tashlab, erkaklarning og'ir mehnatini o'z zimmasiga oladi. Kunni tunga ulab, dalalarda ishlaydi va turmushning butun mashaqqatlarini totadi. Nihoyat, eri jangdan qaytadi, ammo... bir qo'lidan ajragan holda. Biroq Toshbu yorini tirik ko'rmoqlikning o'zini bir buyuk baxt deb biladi...
Mazkur g‘azal Fuzuliy ijodi ta’sirida paydo bo‘lgan. Furqatning ijodiy mahorati shundaki, u o‘zga shoirning misrasiga tayangan holda tasvir qudrati, ifoda ta’sirchanligi, chizgilarning nozikligi jihatidan oldingidan balandroq badiiy natijaga erisha olgan. Natijada ma’shuqa tasviri devorga ilib qo‘yilgan surat emas, balki o‘quvchining ko‘nglidan joy olgan harakatdagi suratga aylangan.
Ushbu g’azalda shoir qush qanoti bilan parvoz etgani kabi inson ham faqat kamolot tufayligina yuksalishi mumkin ekanligini juda ta’sirchan yo‘sinda aks ettiradi.
Ushbu hikoyada olamga dong'i ketgan hukmdor Aleksandr Makedonskiy - Iskandar Maqduniyning yurtimiz tomon bostirib kelishi jarayonida turkiy xalqlarning mardligi, jasorati, oriyati, oliyjanobligini ko'rib qoyil qolgani hikoya qilinadi. Ayniqsa, cho'pon yigitning kamonni nishonga to'g'ri tekkiza olmay izza bo'lib qolishdan ko'ra o'limni afzal bilgani lavhasi juda ta'sirchan ifodalangan.
Shiroq - turon xalqlarining sevimli qahramoni. U o'zi oddiy cho'pon bo'lishiga qaramay, harbiy hiyla yordamida butun dushman qo'shinini yo'ldan adashtirib, o'z yurtini bosqinchilar hujumidan himoya qilgan. Uning bu qahramonligi mashhur tarixchi Polienning "Harbiy hiylalar" asarida ham keltirilgan bo'lib, ushbu hikoyada ana shu mashhur voqea mahorat bilan tasvirlanadi.