Sahifa yuklanmoqda . . .


Surmadin ko‘zlar qaro...

Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang,

G’ozadin yuzlarda tobu, o’smadin qoshlar tarang.

 

Za’faroniy ko’ylak uzra arg’uvoniy kamzihul,

Ro’ymol og’ushidin peshonani ahvoli tang.

 

Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok,

Qo‘l bilaguzukdin muzayyan, nuqradin og’izda chang.

 

Gavhar osqon halqalar siymin banogoshida band,

Ko‘rinur, zulfi tunida subhi sodiqdek arang.

 

G‘amza birla o‘lturur, gah jilvalar birla yurur,

Turfa bir noz, ofarin, pur ishva tannoz-u satang.

 

Aql-u hush eltar agar tursa, paridek silkinib,

Odamizod ichra ham mundog’ bo‘lurmu sho‘x-shang?

 

Yo‘q qutulmoqlig’ menga, ul ofati jon dastidin,

Qasdima qoshlar kamon, payvasta mujgonlar xadang.

 

Ul parivash ishqidinki, telbadurmen, goh sog’,

Chunki bordur oramizda goh sulh-u gohi jang.

 

Javrlarkim, Furqat, ul sho‘xi jafojo ayladi,

Muncha bedod-u sitam qilmas musulmong‘a farang.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

3148 marta ko'rildi

7 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
surma ko'z qo'l xino lola yuz o'sma qosh ko'ylak peshona ahvol panja uzuk bilaguzuk nuqra og'iz gavhar zulf tun subh g'amza jilva noz ishva aql hush pari qasd kamon mujgon telba sog' sulh jang javr furqat sho'x jafo
Muallif
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

(1859-1909) Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘zining lirik she’riyati bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan, ma’rifatchilik adabiyotining darg‘alaridan biri bo‘lgan hamda o‘zbek publitsistikasiga tamal toshlarini qo‘ygan zabardast ijodkordir. Uning she'riyati lirik kechinmalarning nozik tasvirlarga boyligi, hissiyotlarning o‘tkirligi, ifodalarning yangi va samimiyligi bilan ajralib turadi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat Yakpora g'azallari Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat asarlari