Sahifa yuklanmoqda . . .


O‘zingni ayama, Beshafqat bo‘lgin...

O‘zingni ayama,
Beshafqat bo‘lgin.
Joningga solib tur gohida burov.
Shunda
Topiladi
Xoin bo‘laging —
Unga rahm qilma,
Qatl et darrov.
O‘zingni ayama,
Beshafqat bo‘lgin.
Jang qil
Bila turib
Mag‘lubiyatni.
Shunda
Chekinadi
Sotqin bo‘laging —
Mahv et sharmandani,
Mahv et uyatni.
Mayda-mayda bo‘lma,
Mudom butun bo‘l,
O‘zingni o‘zingga qilmagin talosh.
Bir tan bo‘l,
Bir so‘z bo‘l,
Bitta tugun bo‘l —
Faqat bitta yurak,
Faqat bitta bosh.
Ammo kurashlarda qurbonlik rasm,
Seni tashlab ketsa,
Sen sevgan hayot,
Ming bitta tobutda taning yotmasin
Do‘stlaring ko‘targan
Bir tobutda yot.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

45 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
inson xiyonat butunlik qatl rahm jang jon sotqinlik
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari