Sahifa yuklanmoqda . . .


"Kamol" radifli g'azal

Emas kishiga bu dunyoga mulk-u mol kamol,

Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol.

 

Ulumdin sharafi oxirat emasdur yolg‘uz,

Ki munda ham sababi izzat-u jalol kamol.

 

Murod ma’rifatullohdur taallumdin,

Emas mubohasa-u jang ila jidol kamol.

 

Kamol ma’nisi tahsili ilmi holdurur,

Na hosil aylagusi mahzi qiyl-u qol kamol.

 

Zamiring ayla musaffo kadardin oyinadek,

Desangki jilvagar etsun anga jamol kamol.

 

Bo‘lurmu sho‘ra zamin ob-u donadin xurram,

Xabis tab‘g‘a topmak base mahol kamol.

 

Kamol bergusidir so‘zga shuhrat-u ta’sir,

Bu qushg‘a qilg‘ali parvoz parubol kamol.

 

Niholi bebari sarkashdurur avomunnos,

Ne sud topmasa ma’nig‘a ittisol kamol.

 

Ko‘rub g‘azalda Bayoniy musaddasin Komil,

Dediki: «Bergay anga hayyi loyazol kamol».


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

232 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kishi dunyo mol mulk kamol ilm hunar zavol sharaf oxirat sabab izzat jalol murod ma'rifat Alloh bahs jang ma'ni hol hosil oyina so'z shuhrat ta'sir qush parvoz g'azal bayon komil musaddas
Muallif
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

(1825-1899) Yangi o‘zbek adabiyotini ko‘p asrlik an’analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog‘lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste’dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Yakpora g'azallari Muhammadniyoz Komil Xorazmiy asarlari