Sahifa yuklanmoqda . . .
Sir - Asarlar - sir so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Berilib tortasiz yonoqqa yolqin — Ko‘zgu qarshisida — sochingiz yoziq. Baxmal vujudimni ko‘tarib tolg‘in, Men shiftga sahardan turibman osiq.
Senga ham aytmayman, sen ham eshitma, Nimaga, qay kuni, kim uchun kuldim? Kuzgi xayol kabi turma eshikda, Men, axir, senimas — ilonni suydim.
Ishqning osmonida oyga qo‘shilib, Aylangan boshingga bulutlar qaytar. Mening quchog‘imda kuyday eshilib, Asta shivirlaysan: — Joningiz qayda?
Ellik yil avval ham u chechan edi. "Abdulla Qodiriy millatchi" derdi. Minbardan jon olib, ulashardi jon. "Yig‘loqi" — Oybekka bergandi unvon.
Yaxshilab qarab ol, bu bino — qafas. Men — qushman. Vujudim shift sari o‘rlar. Odamlar entikib oladi nafas, Asabiy titranar projektorlar.
Qog‘oz yaramaydi mening kunimga, Qog‘ozga ko‘chmaydi yonayotgan yurak. Shalviragan qog‘oz kerakmas menga, Dardimni bitgani menga tosh kerak.
Sir ko‘p olam qa’rida, Mo‘jizaga kon olam, Bu hayotning bag‘rida Mo‘jizadirman men ham...
Erta-indin yelar izg‘irin, Yiqiladi bog‘larga tuman. Anglagani yashashning sirin So‘zlashaman yomg‘irlar bilan.
Ko‘pingiz yomonmas, yaxshi bolasiz, Yashaysiz do‘konni ona deb bilib. Birovning ko‘ziga tikka boqmaysiz, Poyiga boqasiz zimdan tikilib.
Men, har holda, Toshkentda edim, Xadrasida, yo O‘rdasida. Es-hushimdan ayrilib turdim Keng shaharning qoq o‘rtasida.
Meni asir oldilar. Bedovimning badani Asabiy titrar, uchar... Olloh, karaming qani? Bedovim pishqiradi, Kishnaydi ezib-ezib, Jiloviga yopishgan Ajalning ho‘lin sezib...
Ikki buyuk shoir, ikki musofir – Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Sizni o’ylatmasmi bu jumboq, bu sir, Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur…
Shamoldek beqaror shoir sevgisi, Uning bor davlati - savlati. Sog'inchdan yoqar-u rayhonlar isi, Meni tanlaganing g'alati...
Izvosh guzardan o‘tib katta ko‘chaga burildi hamki, Yoqubxo‘jadan sado chiqmadi. Boy ikki-uch daf’a hamrohining avzoiga zimdan ko‘z yugurtirdi. Yoqubxo‘janing qaddi unikidan yarim qarich tik, shu bois u o‘tirgan holida ham xiyla salobatli ko‘rinadi. Odamlar, «Yoqubboyning shaxsiy qo‘riqchisi» deb gap tarqatishdi, «Mirkomil uning izmidan chiqmaydi» deganlar ham bo‘ldi.
Yoqub to‘ram kallasini salgina boshqacha ishlatgan edi, hayotida tubdan burilish yuz berdi: kissasi pul ko‘rdi, ro‘zg‘origa baraka kirdi, nomi mahalla-ko‘yning og‘ziga tushdi, hammasidan ham, begonalar tugul, uyidagi bola-chaqalarigacha uning izzat-hurmatini joyiga qo‘yadigan bo‘lishdi!
O, bu kecha ajoyib oqshom, Asir etar oyning jamoli. Men xursandman, sarhushman bu dam, Esib turar bahor shamoli.
Boburni burun mahrami asror etting, Vaslingga berib yo‘l, o‘zungga yor etting. Oxir bording, dog'i oni zor etting, Hijron alami birla giriftor etting.
Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur, G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur. Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida, Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur. O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay, Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur. Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur! Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur! Lojaram bo‘lg'ay parishon-u havoyi men kibi, Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur. Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur. Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.
Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz, Boshingizg'a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz. Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz, O‘zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.
Ey qaldirg‘och qoshligim, Kel, ahdimiz bir bo‘lsin. Uchta odam bilgan gap Qanday qilib sir bo‘lsin? Tilla uzukka tilla Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola Do‘st bo‘lmaydi hech qachon.
Ko’plar donishmand deb bildilar o’zni, Xudoning zotidan ochdilar so’zni. Hech biri bilolmay azal sirlarin, Aljirab-valjirab yumdilar ko’zni.
Nokasdan sir berkit – tilingni bog’la, Ablahdan yashirin bo’lmoqni chog’la, Kimliging bilgali insonlarga boq, Ko’zing ko’rganidan qadring so’roqla.
Masjid-u butxona, Ka’bada yohu, Jannatdan umid-u do’zaxdan qo’rquv, Faqat dunyo sirin anglagan qalbdan Abadiy quvilmish bu tashvish, qayg’u.
Tokay rang-u bo’yga asir bo’lursen, Yaxshi-yomonni deb dilgir bo’lursen, Xoh zamzam suvi-yu xoh obi hayot, Oxir yerga kirib, taqir bo’lursen.