Sahifa yuklanmoqda . . .


Bitiktoshlar orzusi

Qog‘ozlarga yozdim... Qog‘ozlar yondi.
Bu sirni o‘yladim — topdim, nihoyat:
Men Usmon emasman, Alpteginman — men,
Enasoy bag‘rida to‘lg‘ongan g‘oya.

Qog‘oz yaramaydi mening kunimga,
Qog‘ozga ko‘chmaydi yonayotgan yurak.
Shalviragan qog‘oz kerakmas menga,
Dardimni bitgani menga tosh kerak.

Shamollar quritdi ko‘zimdan yoshni,
Yillarning qatidan oxir otdi tong.
Asrlar shafaqday chulg‘adi boshni,
Miyamga o‘q kabi sanchildi-ku ong.

Menga bir tosh kerak — osmon kabi keng,
G‘azab kabi og‘ir, g‘amday benavo...
Menga bir tosh topib berolmading, sen —
Toshlari tuproqqa aylangan dunyo.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

58 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo bitik tosh qog'oz dard g'azab sir yurak
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari