Sahifa yuklanmoqda . . .
Ellik yil avval ham u chechan edi. "Abdulla Qodiriy millatchi" derdi. Minbardan jon olib, ulashardi jon. "Yig‘loqi" — Oybekka bergandi unvon. Beriya surati osiq xonaga, Go‘yo kechikkanday qiziq kinoga — Shoshib borar edi, chayqar edi bosh, Kimni eslatishsa — otar edi tosh. Usmonmi? O, dushman!... Ingliz! Fransuz! Yaxshi bilmaymanu... Ishqilib, josus. Bu odam izida qancha mozor bor, Chirkin ko‘kragida hamon bozor bor — Hamon savdo qilar, hamon sotadi. Endi toshlarini pusib otadi, Endi o‘tgan umrni qilib himoya "Tepa"ga chiqadi: — Falon beg‘oya... Kechasi mo‘ylovdor suratga boqmay, Eski qog‘ozlarni titar paydar-pay. Surat-chi, buyurar shoshilmay, erkin, — Qani, toshlaringni qaytarib bergin! — Yo‘q,— deydi u odam, — kerak o‘zimga! So‘ng otar toshlarni surat yuziga.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).