Sahifa yuklanmoqda . . .
Shamol - Asarlar - shamol so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok, Bu — bog‘da adashgan parishon shamol. Bormisan olamda, yuribsanmi sog‘, Shamolday yo‘llarni yo‘qotgan ayol.
Kunduzlari bedardlik yomon, Kechalari beomon og‘riq. Eshikni och, turibman vayron Derazada sollangan yorug‘.
Tarqab ketdi bulutlar birdan, Itlar oldi o‘zin soyaga. Maysalarni shovshatib, qirga Olov kunlar chiqdi piyoda...
Beshamollik qo‘ynida mudrab, Silqib oqar tumanmi, tutun. Bu harirlik ichida titrab, Bugun ko‘nglim bo‘ladi butun.
Dunyo qotdi beshamollikda. Hayot... battar tortmasin deb dim, Bosh ko‘tardim okopdan tikka: — Hammangizni, dushman, kechirdim!
— Kechalari tushimga Kirib qiynagan, ey, tosh, Muzday, sovuq bag‘rini Menga qiymagan, ey, tosh — Bir gul bo‘lib yoningda O‘tganimdan baxtliman!
Saharning salqinini O‘tga otdi saraton. Sahroning o‘rtasida Shamol qovjirab yondi.
Shamolning bag‘rida bog‘man — devorim yo‘qqa o‘xshaydir, Dovullar silkitib ko‘rdi — g‘uborim yo‘qqa o‘xshaydir. Bu sahrodir mening qasdimda har dam bostirib kelgon, O‘zimman bir biyobonda — qatorim yo‘qqa o‘xshaydir.
Biz uch og‘a-ini edik, Qo‘shchi edik mehnatkash. Akam bir kun yer timdalab, Zerikdimi, dedi:— Bas!..
Ot jonsarak yer tepinar, Uzar tizginni. Tentak shamol olib kelar Jondor isini...
Shamoldek beqaror shoir sevgisi, Uning bor davlati - savlati. Sog'inchdan yoqar-u rayhonlar isi, Meni tanlaganing g'alati...
Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey! Tong otmasdan o‘chsang qanday yomon-ey! Tun qo‘ynida qoldirma sen hech kimni, Nur ko‘rmasa, kaminang ham tamom-ey! Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey!
Ko‘klam kirib kelar ko‘zlarga, Yiroqlardan kelar shamollar. Husn berar bahor qizlarga, Yashnab ketar bizni tomonlar.
Shamollar daraxtni bargini uzar, Shamollar qamchilab junjitar tanim. Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar, Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.
O, bu kecha ajoyib oqshom, Asir etar oyning jamoli. Men xursandman, sarhushman bu dam, Esib turar bahor shamoli.
O‘qtin-o‘qtin g‘azab otiga minib, Vahshat solar telba Qo‘qon shamoli. Ko‘zlaring qisilib, qulog‘ing tinib, Ajrata bilmaysan yerdan samoni. Uch kun davom etar talotum, qutqu, Uch kun kattalarning tilida duo. Uch kun el taqvoga burkanar butkul, Ramazonda shuncha yodlanmas Xudo.
Bir daraxtni ko‘rdim – mag‘rur, barkamol, Istagan faslida gullaydiganday. Pisandiga yaqin kelmas qor, shamol: Durkun bargi mangu so‘lmaydiganday. Shul daraxtning oldida xor, g‘aribman, Yo‘l yarmiga etar-etmas horibman, Havodan kuz hidin olib turibman, Bahor menga qaytib kelmaydiganday.
O’z istaging bilan yashaysan bir dam, Shod o’tkaz qilsalar ham senga sitam. Jononlar bilan bo’l, tanang asosi Shamol-u tuprog’-u uchqun ila nam.
Bor narsadan qo’lda qolgani shamol, Bor narsa yo’qolur, bo’lur poymol. Bor narsani yo’qqa hisob etaver, Yo’q narsani bor deb etgil ehtimol.
Shamol sabab, ehtimol, Tunda eshik g'ichirlar. Boshlanadi, qishloqda Shunda pichir-pichirlar. Sizga nima? Siz uxlang, Hech ishingiz bo'lmasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin...
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam, Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam, Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora, Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara, Bu dunyoda sen bechora, men bechora!.. Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin. Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin...
Ruhing chiqdi asfalt yo’llarga — Hamma yoqda yashil chiroqlar. Senga to’siq qo’yolmas endi She’rda hisni qisgan turoqlar. Mana-Xadra. Senga tanish joy, O’rindiqqa cho’kasan behol Yuragingning darchasin ochib, Mo’ralaydi achchiq bir xayol. Xotiringning so’qmoqlarida, Tentiraysan topay deb hayot...
Bir sukut yashardi olamda, Mahkam tutib quloqlarini. U asrardi hamma tuyg’udan Nurga tashna qaroqlarini. Eshitmasdi hech bir tovushni, Dunyo go’yo ovozsiz surat. Tashqarida qorni gul bilan Bezar edi o’yinqaroq mart. Shamol tinmay cholg’usidan mung Taratardi telba bog’larga. Sukut hamon begona edi O’zi dalli, ruhi sog’larga...