Sahifa yuklanmoqda . . .
Ruh - Asarlar - ruh so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim. Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.
Yashamoqqa yetmaydi bardosh, Termulaman ko‘kka — keng g‘amga. Ko‘ngilchan qiz — Hayot qo‘yar bosh Qirqqa kirgan horg‘in yelkamga.
Mening ko‘kragimda otlar chopadi, Mening ko‘kragimda beayov qirg‘in. Ming bitta yuragim o‘lim topadi, Ming bitta hayotim bo‘ladi surgun.
Kechalari yurak sanchadi, Tutunlarga to‘ladi boshim. Rutubatli tunni yanchgani, Ruhimda bir porla, quyoshim.
Qurbon qushning patlari kabi Ruhim — to‘zg‘in, yuragim — to‘zg‘in. Qonli bazm qurmoqda, rabbim, Vujudimda uyg‘ongan quzg‘un.
Baland-baland daraxtlarning uchi falakda, Bir hayratki, musaffo, pok, kezar yurakda. Kichkinaman — ruhim, qalbim qarshingda karaxt, Bir ozgina bo‘ying kalta bo‘lsa-chi, daraxt!
Moviy havo to‘lqinlarida O‘ynab uchdim quyoshga tomon. Ikki ko‘zim ammo zaminda, Ochman — Yerda don bor, don bor...Don!
O`lsamu unutsang menday yigitni, Yog`ar yo`llaringga afsus-anduhim. Oq tulporday minib oppoq bulutni, Uyingning ustidan o`tadi Ruhim...
Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u. Ko`kragimga qo`lingni tirab, Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Men dunyoni ishqim bilan zabt etsaydim, Oshiqlarning oyoq gardiga yetsaydim. Dunyosiga xayr-xushlar aytib keyin Tuproq bilan oshno bo‘lgali ketsaydim.
Garchand bugun poygaklarda mening joyim, Garchand bugun unutilgan bir dalaman. Lek bir kuni poyim o‘pib kelar tog‘lar, Bulutlarga oyoq qo‘yib yuksalaman.
Yaxshi farzand bo‘lolmadim hech, Ko‘paytirdim boshimda g‘amni. Na otamning duosin oldim, Na duosin oldim onamning.
Bilaman bir kun kelib, Ruhim oppoq bo‘lgaydur. Bilmam qirq yildan keyin, Holim qandoq bo‘lgaydur
-Ey qushginam, kuylab ber bir oz, Taranglashgan ruhimni yumshat. -Erkin bo‘lsam kuylardim mumtoz, Avval meni qafasdan bo‘shat!
Jonimda mening hayoti jonim sensen, Jismimda mening ruhi ravonim sensen. Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori (azizi), Alqissaki, umri jovidonim sensen.
Hilol beshik kabi chayqaldi asta, Gulchin darbozaga suyandim xasta. Bugun yig‘lamasam, erta kulmasman, Ruhimni hilolga belagim keldi, Oyog‘ingni quchib yig‘lagim keldi.
Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman, Iboli bir yor topolmay o'ylanaman. O'z yurtimning suluvlari til uqmasa, Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman... Ko'zim tushsa yuzlari lov-lov yonadi, Yelkasida qirqta chaman tovlanadi, Kesilmagan kokillari to'lg'onadi, Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga...
Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Sig`may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Lolaqizg'aldoq - eng go'zal va nafis gul. Lolaqizg'aldoq - bag'ri qon ayol. Garchi bu she'r Shavkat Rahmon tilidan uning oila a'zolariga bag'ishlab yozilgan bo'lsa-da, unda Muhammad Yusufning ham o'z qismati ko'rinadi. She'rdagi dard, iztirob yuki shu qadar og'irki, uni o'qigan kitobxon tabiiy ravishda lirik qahramon dardini his qiladi va qalbida unga hamdardlik hissini tuyadi...
Ruhing chiqdi asfalt yo’llarga — Hamma yoqda yashil chiroqlar. Senga to’siq qo’yolmas endi She’rda hisni qisgan turoqlar. Mana-Xadra. Senga tanish joy, O’rindiqqa cho’kasan behol Yuragingning darchasin ochib, Mo’ralaydi achchiq bir xayol. Xotiringning so’qmoqlarida, Tentiraysan topay deb hayot...
Bir sukut yashardi olamda, Mahkam tutib quloqlarini. U asrardi hamma tuyg’udan Nurga tashna qaroqlarini. Eshitmasdi hech bir tovushni, Dunyo go’yo ovozsiz surat. Tashqarida qorni gul bilan Bezar edi o’yinqaroq mart. Shamol tinmay cholg’usidan mung Taratardi telba bog’larga. Sukut hamon begona edi O’zi dalli, ruhi sog’larga...
Bu she'r pokiza va nafis muhabbat qissasidan so'zlaydi. Undagi oshiqlar ko'cha-ko'yda yetaklashib yurmaydi, bir-biriga behayo ko'zlar bilan termulishmaydi. Ular muhabbati ham o'zlari kabi go'zal. Lirik qahramonning oddiygina hayotiga nur bo'lib kirib kelgan bu malak shunchalar hayoli, shunchalar pokizaki, oshiq uning suratiga boqib, "Meni suyasizmi?" deya so'roqlagani uchun hatto surati ham qizarib ketadi...