Sahifa yuklanmoqda . . .


Turkman qiz

Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman, 
Iboli bir yor topolmay o'ylanaman. 
O'z yurtimning suluvlari til uqmasa, 
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

Ko'zim tushsa yuzlari lov-lov yonadi, 
Yelkasida qirqta chaman tovlanadi, 
Kesilmagan kokillari to'lg'onadi, 
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

U elining urflarini qilmaydi xor, 
Beshigi hech allasiga bo'lmaydi zor, 
Qoshida momosi qo'ygan o'smasi bor, 
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

U ajralib turar turfa gul ichida, 
Oftob chiqib, oftob botar kulgichida, 
O'z tilida gapirmaydi til uchida, 
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

Bir xil libos kiymish ko'rdim nechalari
Oybaldog'i yonib turar kechalari. 
Yashnab ketar yursa Toshkent ko'chalar
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman.

Go'shangaga kirganimda yorga yetib, 
Menga o'lan so'ylab berar yodlar etib
Bobolarim ruhlarini shodlar etib, 
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

1732 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
turkman qiz sharq ibo yor o'y yurt suluv til ko'ylak uylanish ko'z yuz yelka chaman kokil el urf beshik alla qosh momo o'sma gul oftob kulgich libos oybaldoq kecha toshkent ko'cha go'shanga o'lan yod bobo ruh
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari