Sahifa yuklanmoqda . . .


O`lsamu unutsang...

O`lsamu unutsang menday yigitni,

Yog`ar yo`llaringga afsus-anduhim.

Oq tulporday minib oppoq bulutni,

Uyingning ustidan o`tadi Ruhim...

 

Unga nima deysan, bevafo yorim?

 

O`lsamu unutsang menday yigitni,

Qaro tuproq silab yotsa kuragim,

Sen o`choq oldida chaqqan gugurtni

Uchida lovillab tursa yuragim...

 

Shunga nima deysan, bevafo yorim?

 

Sen Xudo emassan axir, o`ylanma,

Jonimning rishtasi qo`lida uning,

Ammo Muhammadsiz o`tmaydi kuning,

Kel, mayli men o`lmay, sen ham qiynalma —

Shunga nima deysan, bevafo yorim?..


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 18-Aprelda yuklangan

153 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o'lim muhabbat ruh anduh vafo yor dunyo tuproq
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari