Sahifa yuklanmoqda . . .
Kun - Asarlar - kun so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Sekin-sekin chekinadi tun, Sekin-sekin tong ham kuladi. Boshlanadi yana yangi kun, Yana bizda majlis bo‘ladi.
Bir kuni qushlarning majlisi bo‘ldi, Jamiki parranda to‘p bo‘lib keldi. Bilasiz, yig‘ilmoq ko‘p eski odat, Undan ham eskidir rag‘bat, mukofot.
Tun bo‘yi tinmadi yomg‘ir, Tuni bo‘yi tinmadi qalam. Yomg‘ir, qancha kuylasang arzir, Seni bu kun kutmoqda olam!
Hayot ro‘paramda daryodek turar, Suvlari tiniqdir,oqishlari jo‘n. Kimdir dovullarda ovozsiz yurar, Kimdir sukunatda soladi shovqin.
Kunbotishda tilla rang shafaq, Kunchiqishda kumush rang jilo… Men kimgadir qilmadim shafqat Va kimgadir qildim iltijo.
Panohim shu Quyosh va shu Er – Ikkisi bir kunda tug‘ilgan Ikkisi mangudir, yoshi teng, Birisi biriga yo‘g‘rilgan.
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur, Ko‘zdin qochadur uyqu, chu aqsham bo‘ladur. Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek, Borg'on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur.
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur. G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka, Oxir yana yer kibi oni past qilur.
G'ofil o‘lma ey soqiy, gul chog'in g'animat tut! Vaqti aysh erur boqiy ol chag'ir, ketur, bot tut! Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla, Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g'animat tut! G‘ofil o‘lma davlatda o’zni solma mehnatda, Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut! Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor, Bo‘sa, vasl beag'yor davlat-u saodat tut! G'am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur, Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!
Ne xush bo‘lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam, Kechalar tori mo‘yidek belig'a chirmashib yotsam. Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam, Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la'lidin totsam. Qani Shirin bila Layliki sendin noz o‘rgansa, Qani Farhod-u Majnunkim, alarg'a ishq o‘rgatsam. Yoruq kunduz, qorong'u kechada anjum kibi bo‘lgay, Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini titratsam. Ko‘zum ravshanlig'ida bo‘lg'ay, Bobur, base kamliq, Agar qoshi bila yuzun hilol-u kunga o‘xshatsam.
Yomonga o‘lim yo‘q, yaxshiga kun yo‘q, Tomiringga qo‘shib olishar uzib. Bobur yo‘q, Cho‘lpon yo‘q, Majnun yo‘q, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Bir qiz yig‘lab borar, soddagina qiz, Yig‘lar kitob bilan yuzini to‘sib. Balki sevgilingiz, balki singlingiz, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf.
Zilziladan to‘rt kun o‘tganda, Bomdan – Bir xabar yurakni titratdi yana. Qizchasin panalab qulagan tomdan, Omon asrab qopti jonfido ona. Qancha fursatimni yoqib isindim, Olovga tobladim mudroq tanimni. Birdan shu lahzada ro‘y-rost his qildim Onamni qanchalar sog‘inganimni.
Singan odam, tuyg‘ulari tingan odam, Singan odam, qismatiga ko‘ngan odam. Siniq kulib, siniqqina ko‘rishadi, Kun ko‘radi, yashamaydi singan odam. Yuribmiz-da, deydi endi o‘g‘il-qiz deb, Qoraqozon yonidagi qorako‘z deb… Men hamisha yoningdaman, ketdik, do‘st, deb, Yelkangga qo‘l tashlamaydi singan odam.
Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas. Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib, Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib. Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon, O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Uzun bo‘lib yotar charchagan ko‘cha, Ko‘ngilni g‘ash qilar kunduzgi chiroq. Epkinda ming turli qog‘ozlar ko‘char Va yerga yopishar yana erinchoq. Ahyonda jimlikni buzar tramvay, Horg‘in sudrab o‘tar bo‘m-bo‘sh qutini. Karaxt ko‘cha bo‘ylab aylanar tinmay Kechagi shodlikning oppoq tutuni.
Bir sahroyi ayolning O'g'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan Biror kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini Sepib qochib ketarkan...
Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin, Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin. O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak, Xuddi shundan boshlanadi bizning ertak. U ayollar ichra biri go’zal edi, O’zi yosh-u, ammo so’zi masal edi. O’sha erkak qarab sekin o’ng-u chapga, U ayolni quvlik bilan soldi gapga...
Quyilmadi hech erim, Ichim to'la o'kinish. Ellik yoshdan oshsa ham, Araq, ishrat, so'kinish. Shunday bezor bo'ldimki, Zirillardim kelsa ham. Xafa bo'lmasdim, agar Javobimni bersa ham...
Tokay pastlar xizmatin etasan bajo, Har yemishga pashshadek qilma jon fido. Bir nonni ikki kun ye – tortma hech minnat, O’zga nonidan o’z dil qoning ko’p avlo.
Mensiz qalam surmish qazo-vu qadar, Mendan nechun yaxshi-yomonim so’rar? Kecha mensiz o’tdi, o’tar bugun ham, Tong-la kun nima deb qilur javobgar?
Bir non topib agar yesang ikki kun, Siniq ko’zang bo’lsa suv ichmak uchun, O’zingdan pastlarga yollanmoq nega? O’zingdek xizmatin qilmoqlik nechun?
Sabab sahrosida kimki sargardon, Ishlarin uningsiz yuritar Yazdon, Bu kun bir bahona o’rtaga tashlab, Erta bajo bo’lur taqdiri osmon.
Falak arg’umog’in egarlagan kun, Yasatilganida Mushtariy, Parvin, Nasibamizni ham bitgandi qazo, Qismatimiz o’sha – bo’lma jigarxun.