Sahifa yuklanmoqda . . .
Kun - Asarlar - kun so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas. Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib, Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib. Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon, O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Uzun bo‘lib yotar charchagan ko‘cha, Ko‘ngilni g‘ash qilar kunduzgi chiroq. Epkinda ming turli qog‘ozlar ko‘char Va yerga yopishar yana erinchoq. Ahyonda jimlikni buzar tramvay, Horg‘in sudrab o‘tar bo‘m-bo‘sh qutini. Karaxt ko‘cha bo‘ylab aylanar tinmay Kechagi shodlikning oppoq tutuni.
Bir sahroyi ayolning O'g'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan Biror kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini Sepib qochib ketarkan...
Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin, Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin. O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak, Xuddi shundan boshlanadi bizning ertak. U ayollar ichra biri go’zal edi, O’zi yosh-u, ammo so’zi masal edi. O’sha erkak qarab sekin o’ng-u chapga, U ayolni quvlik bilan soldi gapga...
Quyilmadi hech erim, Ichim to'la o'kinish. Ellik yoshdan oshsa ham, Araq, ishrat, so'kinish. Shunday bezor bo'ldimki, Zirillardim kelsa ham. Xafa bo'lmasdim, agar Javobimni bersa ham...
Tokay pastlar xizmatin etasan bajo, Har yemishga pashshadek qilma jon fido. Bir nonni ikki kun ye – tortma hech minnat, O’zga nonidan o’z dil qoning ko’p avlo.
Mensiz qalam surmish qazo-vu qadar, Mendan nechun yaxshi-yomonim so’rar? Kecha mensiz o’tdi, o’tar bugun ham, Tong-la kun nima deb qilur javobgar?
Bir non topib agar yesang ikki kun, Siniq ko’zang bo’lsa suv ichmak uchun, O’zingdan pastlarga yollanmoq nega? O’zingdek xizmatin qilmoqlik nechun?
Sabab sahrosida kimki sargardon, Ishlarin uningsiz yuritar Yazdon, Bu kun bir bahona o’rtaga tashlab, Erta bajo bo’lur taqdiri osmon.
Falak arg’umog’in egarlagan kun, Yasatilganida Mushtariy, Parvin, Nasibamizni ham bitgandi qazo, Qismatimiz o’sha – bo’lma jigarxun.
Ishq majoziy esa, oftobi bo’lmas, Kul bosgan olovning hech tobi bo’lmas, Chin oshiqning esa kecha-yu kunduz Oy-u yillar ko’zda dam-xobi bo’lmas.
Aql saodatga intilib har goh, Senga kunda yuz bor deydiki, “Ey voh, Shodlik bilan o’tkaz tiriklik daming, Sensan – o’rgach qayta ko’karmas giyoh”.
Qayg’umdek uzoq umr ko’rsin u g’azol, Bu kun yana lutfdan ko’rsatib jamol, Ko’zimga bir nigoh tashladi-ketdi, Ya’ni yaxshilikni qil – daryoga sol.
Ey tun-kun dunyoga ko’z tikkan kishi, Aqlingni jo’ymasin dunyo tashvishi, Axir esingni yig’, hushyorroq bir boq, Nedir boshqalarga uning qilmishi.
Kechagi kuningni aylamagil yod, Ertang kelmay turib etma ko’p faryod, O’tgan, kelmaganga qayg’urmoqni qo’y, Quvnoq bo’l - umringni qilmagil barbod.
Dardga chalinmish bu dili vayronam, Ishqdan uyg’onmadi sarmast jononam, Oshiqlik sharobin berganlari kun, Jigarim qoni-la to’ldi paymonam.
Ko’zagardan ko’za olgandim bir kun, Bir so’z deb chiqardi ko’za sirli un: Shoh edim, qo’limda oltin jom edi, Xumor boshli ko’za bo’libmen bugun.
Bir kosa sharob-la ko’nglimni shod et, Na o’tmish, na kelmish kuningni yod et, Zindoniy qilingan omonat jonni Aqlning bandidan lahza ozod et.
Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon, Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepamda charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon… Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar, Saharlardan shudring-sharob icharlar. Tanlamayin qabrlarni qucharlar, Kapalaklar odamlardan mehribon…
Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni samo tushungaydir, Sen, ey inson, tushunmaysan.. Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam, Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam, Meni daryo tushungaydir, Sen, ey ummon, tushunmaysan...
Osmon yerga engashib, Bulut sog'di kun bo'yi, Yolg'onchi yor to'yida Yomg'ir yog'di kun bo'yi. Yomg'ir emas, bu xalqob Kelinchak ko'z yoshidir. Yig'lama yor, qiz bola Palaxmonning toshidir...
Mening shodligimsan, bolaligimsan, Mening g`ussam o`zing, mening armonim. Seni osmonimga olib ketaman, Yerda bizga kun yo`q, kun yo`qdir, jonim!.. Xato qildimmikan men erta kelib, Yo sen adashdingmi kelib keyinmi? Goho kimliging ham bo`lmaydi bilib, Inim deymi seni, sevgilim deymi?..
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga...