Sahifa yuklanmoqda . . .


Quyosh bor, biz — g‘olib — kunlar kuldilar...

Quyosh bor, biz — g‘olib — kunlar kuldilar, Olamning yarmi biz — tunlar kuldilar. Tunlar tugasin deb men ham yongandim, Qismating — biz deya kullar kuldilar. Yo‘q, dedim, o‘zimni falakka otdim, Ustimdan zanjirlar, g‘ullar kuldilar. Singan qanotimni elga ko‘rsatib, Olamni to‘ldirib qullar kuldilar. Hali o‘lmagan bu jonimni yo‘qlab Yig‘lay olmadilar — munglar kuldilar. Qara, men sarg‘aydim, men xazon bo‘ldim, Ammo yuragimda gullar kuldilar.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

49 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
quyosh kun tun kul qul zanjir g'ul mung xazon gul
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari