Sahifa yuklanmoqda . . .
She'rlar - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
Erib ketar xira tumanlar, kapalakdek uyg’onar yalpiz. Osmon daryo bo’lib tuyular. o’tlar uzra chopqillaydi ko’z. Qayrag’ochning guli – mitti jom – jaranglaydi – taralar atir. Va tushlarga kirar bu oqshom maysalarni quchoqlab adir.
Men daraxtga aylandim tunda va aksimni ko’rdim osmonda. Yulduzlarni shoximga o’rab boqdim: navo oqdi yaltirab. Kapalakday uxladi dunyo, uxlamadi men kabi daryo.
Bibixonim dahmasi xarobasida so’nggi bor etar va so’nar quyosh. Uyg’ona boshlaydi kun nafasidan mudrab, uxlab qolgan qora qabrtosh. Tor, qiyshiq ko’chalar adashib qolib, ilondek o’rmalar nurafshon tunda. Tovlana boshlaydi qayg’uga to’lib “Ziji Ko’ragon”ning aksi osmonda.
Terimchi qizlar Shoxlardagi qushlarday yengil, Qomatlari – xayol, Quyosh isi anqib turar chehralaridan. Ular To’lib ketgan armonlar kabi Egatlarga sochilgan. Orzulari mezonlar kabi Oppoq-oppoq uchib yurguvchi
Qor yog’ayotgan oqshom Shaharni kezsang, G’ira-shira ko’chalarni Kezsang, qo’llaringni cho’ntakka tiqib, Qor esa erisa lablaringda jim.
Tunda silkitarkan daraxtni shamol, Daraxtlar titrarkan mahzun, bukchayib, Daraxtzor qoshiga kelar bir ayol, Nozik oyoqlarin shabnamga chayib.
Dardday uzun-uzun ko’chani Oyoqlaring besas o’padi. Uxlab qolgan oydin kechani Uyg’otadi sochlaring hidi. Uzoqlardan senga izma-iz Shamol sekin sirg’alib kelar, Yolvoradi u senga unsiz,
Ko’z o’ngimda bepoyon bog’lar, Yaproqlarda tillarang g’ubor. Yaqinlashib qolgandek tog’lar, Havo shunday tiniq, beg’ubor. Shitirlagan tungi yomg’ir ham, Tumanlarni quchoqlagan tong, Qop-qoraygan dala-yu qir ham Bari menga tanish, qadrdon.
Hammani unutib qo’yibman… Hech kimni tanimay va bilmay Qishloqni men kezib yuribman. Bu men-ku, qadrdon jo’ralar, Bu men-ku, qadrdon dalalar, Ovoz yo’q… ko’ksimda titrar jon.
Dalalarning qoq o’rtasida Yeru-osmon aro bir ertak – Yulduzlarning mayin sasidan Tebranadi oppoq belanchak. Uxlab qolar horigan ota, Uxlab qolar terimchi-suluv, Uxlab qolar chorbog’ ortida Ariqchada jildiragan suv.
She’rni oq qog’ozga yozib qo’ymayman… She’r shamdir – Dilimda yoqib qo’yaman. She’r guldir – Qorlarga basma-bas turib Men uni ko’ksimga taqib qo’yaman.
O’tlar o’qiyverib necha sarg’argan, Savodsiz yomg’irlar, Soqov bo’ronlar Harflarin manguga o’chirmoq bo’lgan – Har gal qutqargandir quyoshli tonglar. Ular bizni topib kelgunicha to Ko’rgan necha to’fon
Qarayman, xayolim qushin uyg’otib, Ko’raman: “Erk” so’zin aytgan quldayin, Ismingni olgancha qayg’uga botib, Bo’zrang otda yig’lab borar Kul Tegin. Koshg’ariy tushida seni ko’rgandi “Devon ul lug’atit turk” qog’oziga Toliqib boshini birpas qo’yganda
Ketaman “Devonul lug’atit-turk”ka, Hasratim, quvonchim olib ketaman. Moziyni bugunga, zaminni ko’kka, Qalbimni “Devonul lug’atit-turk”ka Ulay deb ketaman, bir kun yetaman. Qoyalarga chiqib qushdek boqaman, Ko’kshin yaproqlarda nurdek oqaman. Qora ko’k chodirin so’z bilan tilib, Mangraygan chaqmoqni olaman yulib, Ko’ksimga tilmochdek una taqaman.
Olis-olislarda, ko’k yorug’ida Tovlangan adirda surgancha xayol, Osmonu zaminning o’rtalig’ida Chol turar – soqolin qo’mitar shamol. U daftarning oppoq varag’i kabi Moviyrang samoni tekislab, shaylab, Qalamni olovga botirib olib “Quyosh” degan so’zni bitar avaylab.
Men Samarqand yaqinidagi (hozir deyarli shaharga qo’shilib ketgan) qishloqlarning biri — Chordarada tug’ilganman .. Mana shu qishloqda ona tarafdan bo’lgan bobom Vafoxo’ja Maxsumning dala hovlisi — qo’rg’oni bo’lgan. Bobomning shahardagi bobomeros hovlisi Registon maydonining ro’parasida — ichkarroqda joylashgan Hovuzi sangin guzarida pishiq q’ishtdan tiklangan ikki qavatli imoratdan iborat bo’lib hozirgacha saqlangan.
Muhabbat-ul u'zi eski narsa, Lekin har bir yurak Oni yong'orta... Hodi Toqtosh Har yurakning bir bahori bor,
Shag'irlaydi betinim daryo, Shag'irlaydi vahm to'lgan jar, Shag'irlaydi qorong'i dunyo, Shag'irlaydi vodiy, daralar. Shag'irlaydi... Bermaydi uyqu,
Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ochilding ko'ngil bog'imda. Shunda ko'rdi ko'zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.
Qaydan kelding, fikrimni bo‘lding, Nega etding meni parishon? Nega buzding munis holimni, O’ylarimni nechun bemakon? Ehtiroslar, hislar, yonishlar O’lkasini kezardi xayol,
Sen bo'lmasang, shu och to'lqinlar Ko'rinmasdi sira ko'zimga, Sen bo'lmasang o'zimning ko'nglim Kirmas edi aytgan so'zimga. Sen bo'lmasang, etmasdi xursand Suv ustida suzib yurgan oy. Hamisha sho'x, doimo baland,
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam. Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.
Salom bering va lekin Yaqiniga bormanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! Erkaksifat xotinlar, Xotinsifat erkaklar. Xabari yo‘q o‘zidan, Ko‘ringanni ermaklar. To‘qiyvering gap-to‘rlar, O‘zingizdan ortmanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! Pismiqlar, muloyimlar, Ay, siz irkit jo‘jalar, Ay, bekorchioyimlar, Ay, bekorchixo‘jalar! Menga qolsa barini Birma-bir bosar edim. Kattaroq bir asbobga Tilidan osar edim. Zamon ko‘tarmas lekin Mayli, yaqin bormanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! 2005
Muhabbatsiz kechdi bu visol, Men murodsiz maqsadga yetdim. Tuni bilan yalindi ayol, Kelaman deb aldadim – ketdim. Yo‘lko‘rsatkich bo‘ldi xazonlar, Daydibadar yelga aylandim. O‘tdi oylar, o‘tdi zamonlar, Yana o‘sha menga aylandim. Yana bordim tilanib visol, Hasratimni aytdim- aytmadim. Meni itdek haydadi ayol, Men vafodor itdek... ketmadim.