Sahifa yuklanmoqda . . .
Sen bo'lmasang, shu och to'lqinlar
Ko'rinmasdi sira ko'zimga,
Sen bo'lmasang o'zimning ko'nglim
Kirmas edi aytgan so'zimga.
Sen bo'lmasang, etmasdi xursand
Suv ustida suzib yurgan oy.
Hamisha sho'x, doimo baland,
Yulduzdagi jon yoqar chiroy.
Qarashlaring tinchimni olib,
Chertib ketdi qalbim torini,
Shundan keyin sezdim yurakda
Shuncha kuchli o'tning borini.
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo'lganmikin mencha baxtiyore
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun
Sevib bo'lgan umid bilan yor
Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923—1926), so‘ng Pedakademiyada (1926— 1931) o‘qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to‘plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O‘lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.