Sahifa yuklanmoqda . . .


Barg

Hammani unutib qo’yibman…
Hech kimni tanimay va bilmay
Qishloqni men kezib yuribman.

Bu men-ku, qadrdon jo’ralar,
Bu men-ku, qadrdon dalalar,
Ovoz yo’q… ko’ksimda titrar jon.

Va nogoh boshimda aylanib,
Yarmi ko’k, qirmizi va qora
Qo’limga talpindi bitta barg.

“Men seni taniyman”, — dedi u,
Ko’zimdan tirqirab ketdi yosh,
Labimga bosdim men entikib.

1977


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

25 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari