Sahifa yuklanmoqda . . .
She'rlar - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
Osmonimni obod qilgan qamar eding, Balolardan saqlaguchi tumor eding. Ko‘zlarimga mudom ko‘zi xumor eding, Yo‘llarimni yoshing bilan yuvar eding, Meni desa joningni ham berar eding.
Oyday yuragimda dog‘im bor endi, Kulfat o‘zimniki, taskin-daldam yo‘q. Uzoqda ishongan bog‘im bor edi, Suyangan tog‘im yo‘q – endi dadam yo‘q. Ishim yurishmaydi, yo‘lim unmaydi, Duo beradigan toza odam yo‘q. Gugurtcho‘p sinadi, shamim yonmaydi, Nuri ilohim yo‘q – endi dadam yo‘q.
Tubida tosh dumalatib soylar o‘tdi, Yelkasida yaraq-yaraq oylar o‘tdi. Qamishlarning boylamida naylar o‘tdi, Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor, Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Deraza pardasi yelkanday shishdi, Yana seni o‘ylab ko‘nglim uvishdi. Seni olib ketdi qaysi daryolar? Hamrohing bo‘ldilar qanday sabolar? Xonamga nastarin bo‘yi bo‘yladi, Sochlari rayhonim, seni o‘yladim. Bo‘ying to‘kildimi olis bog‘larga? Ko‘ngling ko‘nikdimi qarg‘a, zog‘larga?
Sevmading san, dilitoshim, Dilimga cho‘kdi qo‘rg‘oshin. Ko‘zimdan toshdi ko‘zyoshim, G‘amkash buloq sevmish mani. Sevmading san, yetolmasdan Sanga termuldim olisdan. Haddan ziyoda yolg‘izman, Netay, tuproq sevmish mani.
Har bir qizdan seni izlaganimda, Yonimga kechikib kelganing yomon. Ovozsiz, ko‘zyoshsiz yig‘laganimda, Holimdan xabarsiz kulganing yomon. Yomon-da, kimnidir tush ko‘rganing ham, Shunchaki yoqqani – xush ko‘rganing ham. Birovlar qalbiga nish urganing ham Kipriklaring bilan tilganing yomon.
Meni yomon ranjitding, Sendan qattiq xafaman. Lekin sendek kuydirgi Qizni qaydan topaman. Sevgi, sevgi, der ekan, Sevgi dilni yer ekan. Qizga mehring berguncha Muzga bag‘ring ber ekan.
Milyon yilda meni yaratdi hayot, Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz. Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv, Quyoshdan ishorat – ko‘z yorar ildiz. Men, axir ularga o‘xshamayman-ku, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Uchib-qo‘nib, uchib-qo‘nib shom-saharlar Nafis san’at sahnasida poyga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Kapalaklar uchmaydigan joyga ketdi. Kim quyoshga soldi yerdan topib gavhar, Kim ko‘ngliga shu’la istab oyga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Chiroq yonib o‘chmaydigan joyga ketdi.
Taqdir nechun meni qiynaydi, Sizni menga nega bermaydi. Bu qo'llarim qaylarga yetgan, Nega endi sizga yetmaydi. Yuragimni tubida bir joy, Faqat sizni-sizni qumsaydi. Odamlarni g'iybatlariga, Yurakkinam bardosh bermaydi.
Chaqmoq chaqib, qaro osmonda. Kimlarnidur qo'rqitgan yomg'ir. Qolsam alam ichra zamonda. Ko'z yoshimni berkitgan yomg'ir. Yig'laganim yetadi meni. Sen yig'lama, kulib ket yomg'ir. Tutib turay senga ko'ksimni. Dardlarimni yuvib ket yomg'ir. Oqib tushding tarnovlarimdan. Sajdagoxim tavoblaridan. Gunoxim ko'p savoblarimdan. Gunoxlarim yuvib ket yomg'ir. Yuzimga yog', kaftlarimga yog'. Qalbimga yog' dardlarimga yog'. Alamlar alanga, yurak to'la dog' Yuragimni yuvib ket yomg'ir. Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin. Doim ezaverar qalbim parchasin. Xotiralar barcha barchasin. Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.
Yenglik liboslardan voz kechdi shahar, Yelkalar yalang‘och, yalang, och ko‘zlar. Olislarda esa suvlar sepishar Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar. Shahar qizg‘onmaydi xiyobonlarin, Sun’iy ko‘lini-yu qayiqlarini. Ammo dil qo‘msaydi sokin bog‘larning Olmalar oqizgan ariqlarini.
Taqdirga tan kerak-ku, ammo, Gohida o‘zimga sig‘mayman. Ko‘nglimda bir tugun muammo – Ko‘nglingda nima bor – bilmayman. Bilaman kipriging har birin, Chizaman ko‘zlaring tasvirin. Vujuding qo‘ynimda, asirim, Ko‘nglingda nima bor – bilmayman.
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana, Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman. Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay, Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman. Oy botadi – yulduzlarning habibi, Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy. Tabiatning qonunidek tabiiy – Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman. ...
Dala. Mezon. Qizlar. Tarozi. Paxsali duvollar. Ismsiz qirlar. Yulduzdek titranib uchgan ovozim, Tizzani quchoqlab o‘qilgan she’rlar. Olov tegrasida qaynagan o‘lan. Yurakdek qontalash chinor yaprog‘i. «Sevsam, o‘ldirarlar. Sevmasam, o‘lam...» Va hisobchi qizning nigohi...
Necha bor zaminni kuydirdi otash, Necha bor moziyning aylandi charxi. Va lekin yo‘lidan toymadi quyosh, Va lekin tushmadi botirning narxi.
Sen mening orzum bo‘l, Qo‘shiq bo‘lib yangra qalbimda. Muqaddas bo‘y bo‘lgin, Umri uzun bo‘l, Armon bo‘lib qolma qalbimda!
Ishdan kelsam hovli betartib, Xuddi uyda kelinim yo'qday. Dadamizga murojaat qildim Eshittirib kelinga atay: - Dadasi-chi, endi bozordan Oyog'i bor supurgi oling. Qolib ketsa yo'lakda darrov Topib olsin o'zi o'z joyin...
O'qidim go'zal hikmat: "Sizning yaxshilaringiz - Ahli ayoli bilan Yaxshi bo'lganlaringiz". So'kinib jaranglatdi, Erim o'z xonasini: -Hoy, ruchkamni kim oldi? He, o'sha, onasini...
Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan ko'rayki, Kelin yarim yalang'och. Sharqning qizi bo'lganda, Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq, Bo'lmas edi libosi...
Bir sahroyi ayolning O'g'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan Biror kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini Sepib qochib ketarkan...
Bolani qarg'amang, Duo qiling bolani. "It", "Eshak" deb so'kishga, Hayo qiling, bolani. Rosululloh derdilar, Yuzlaridan yog'ib nur: "Bolalar bu - jannatning Gul-u rayhonlaridir"...
Mani erim yurib ketdi, Yurak-bag’rim kuyib ketdi, O’zim bilsam go’rga edi, Bu ovoza bo’lib ketdi. Kech keladi ishidan ham, Ayrilganday hushidan ham, Yurganini bilsa bo’lar Ko’rayotgan tushidan ham...
Kuyov bolam, o'z bolam, Mani qorako'z bolam, Dilimda bir so'z, bolam, Qizim yomon - siz yaxshi. Erka bolam, arslonim, Oyim turgan osmonim, Qo'lingizdadur jonim, Qizim yomon - siz yaxshi...