Sahifa yuklanmoqda . . .


Daraxtzor qoshiga kelar bir ayol

Tunda silkitarkan daraxtni shamol,
Daraxtlar titrarkan mahzun, bukchayib,
Daraxtzor qoshiga kelar bir ayol,
Nozik oyoqlarin shabnamga chayib.

U gullar sochadi hovuch-hovuchlab,
Hayratga to’ladi armonli bog’lar.
U kuylay boshlasa, gullarni tishlab
Uyg’ona boshlaydi qurigan shoxlar.

1978


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

24 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari