Sahifa yuklanmoqda . . .
Qor - Asarlar - qor so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
"Paxtakor"ning halok bo‘lgan o‘yinchilari xotirasiga. Yomg‘irlar quyadi. Qor o‘tar yog‘ib... Men-chi, topganim yo‘q, hanuz yupanch so‘z.
O‘t yoqdim. Tutashdi shoxu shabada — Gulxanda lang yondi tunning parchasi. Boqdim — qorong‘ulik yotar dunyoda, Mening qarshimda-chi, kunning darchasi.
Ko‘zing qaro sening, qoshlaring qaro, YUzlaring oq sening, kulishlaring oq. Qo‘lingdagi ta’na toshlaring qaro, Menga g‘amgin boqib turishlaring oq.
Ucholmasdan qoldi jonu tan, Osmon qayda? Qaradim ilkis... Sochin yoyib falakda, sho‘x-sha’n Porlar quyosh — Barchinday bir qiz.
Ko`ngil ma'yus tortdi yilning so`nggida, Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida, Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Menam banda, xudoyimdan bir nur so‘rab yuribman, Atrofim loy, men qalbimni gulga o‘rab yuribman. Do‘stu yor ko‘p, lek baribir azal qonun bittadir: O‘z boshimga yoqqan qorni o‘zim kurab yuribman.
Muhabbat-ul u'zi eski narsa, Lekin har bir yurak Oni yong'orta... Hodi Toqtosh Har yurakning bir bahori bor,
Singan odam, tuyg‘ulari tingan odam, Singan odam, qismatiga ko‘ngan odam. Siniq kulib, siniqqina ko‘rishadi, Kun ko‘radi, yashamaydi singan odam. Yuribmiz-da, deydi endi o‘g‘il-qiz deb, Qoraqozon yonidagi qorako‘z deb… Men hamisha yoningdaman, ketdik, do‘st, deb, Yelkangga qo‘l tashlamaydi singan odam.
Sarig' og'rig' bo‘ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro, Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir qahrabo. Yuz-u jismimdur sarig' barge qurug'an shox uza, Shox-u bargekim, qurub sarg'arsa, kim ko‘rmish davo.
Rahm etib, ey do‘stlar, majruh ko‘ksumni yoring, Qo‘l yolang aylab solib, har yon ichimni axtoring. Uchrasa yuzi qora ko‘nglum tutub, tortub, uzub, O‘tqa solib o‘rtabon, jonimni andin qutqoring.
Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora, Bo‘ldi savdog‘a savodi a’zam andin har qora. Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil, Toshdin angla tanimni gar ko‘k o‘lmish, gar qora.
Bir daraxtni ko‘rdim – mag‘rur, barkamol, Istagan faslida gullaydiganday. Pisandiga yaqin kelmas qor, shamol: Durkun bargi mangu so‘lmaydiganday. Shul daraxtning oldida xor, g‘aribman, Yo‘l yarmiga etar-etmas horibman, Havodan kuz hidin olib turibman, Bahor menga qaytib kelmaydiganday.
Qor zarrasin tutib qololmas nigoh, Goh zarra nigohdan bag‘rim tilindi. Qor yog‘sin – yopilsin izlaring, gunoh. Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi. Qormi – kul ostida miltiraydi cho‘g‘, Ketganlar jon uzib ketmaganlar, yo‘q! Senga yetganlar bor, yetmaganlar yo‘q, Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi.
Men osiy bandangman, rizoying qani? Dilim qop-qorong’i, ziyoying qani? Itoatim uchun Jannatni bersang, Bu mening haqqim-ku, atoying qani?
Afving bor – gunohdan qo’rquv bilmayman, Rizq berding- yo’l ranjin ko’zga ilmayman, Rahmingdan oq yuz-la tursam Mahsharda, Nomim qora deya tashvish qilmayman.
Sochimda oq, men bahordan o`tindim: Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin, Kokiliga tolpopukdan soch ilsin, Boychechakka borar yo`llar ochilsin, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim...
Sezyapsanmi, yog’moqda yomg’ir, Butun dunni yuvmoqda osmon. Yelkamdagi shaytonni haydab, Ko’zlarimga tikildi Rahmon: -Nega ko’ksing og’riqqa to’lgan, Qorachig’ing bo’yalmish g’amga? Mayli, yig’la sirlaring aytib, Bu g’am ko’plik qilar odamga. Nogoh sening so’zing esladim, Yuzlarimga yugurdi kulgu...
Bir sukut yashardi olamda, Mahkam tutib quloqlarini. U asrardi hamma tuyg’udan Nurga tashna qaroqlarini. Eshitmasdi hech bir tovushni, Dunyo go’yo ovozsiz surat. Tashqarida qorni gul bilan Bezar edi o’yinqaroq mart. Shamol tinmay cholg’usidan mung Taratardi telba bog’larga. Sukut hamon begona edi O’zi dalli, ruhi sog’larga...
O’sha kun yurakdan yig’ladim ilk bor, O’sha kun yuraging tamom o’zgardi. O’sha kun yellarga qovushdi mador, Qor esa zaminga Mehr to’kardi. O’sha kun uzrlar tug’di tilginang, O’sha kun Ishq yangi firoq chiqardi. O’sha kun ko’p durlar yaratdi diydang — Qor esa zaminga Mehr to’kardi. Men bunday kunni hech kutmagan edim, Izg’irin so’zlardan ko’ksim ko’kardi...
Yana orzularim eladi samo! Osmon bisotini to‘kdi silkinib. Yana oppoq qorga belandi dunyo, Oftob bulutlarga oldi bekinib. Daraxtning shoxiga bog‘lagan xayol Bir sening ko‘zlaring singari bandi. Tunlarni qo‘ynida o‘ynagan shamol Bir mening ko‘nglimga o‘xshagan daydi. Billur sadaflarga o‘raladi tong, Ortidan nurlari arg‘imchoq solib...
Oqshom bo‘yi osmonda suzgan Bulutlarning rangi qoramtir. Uni mendan ajratib turar Tun chiroqdan oqayotgan nur. Men gullarning sochini o‘rdim, Ermak qildim yolg‘izligimdan. Bashorat qil, ey lo‘li ayol, Baxtli yoki baxtsizligimdan. Derazamga urildi chaqmoq Bor arazi, kinlari bilan...
Tim qora osmonning oqardi yarmi, Yulduzlar singidi, izi qolmadi. Tanish daqiqalar, lahzalar seni Eslashimga sabab bo‘la olmadi. Olis qit'alarga cho‘zilgan yo‘llar, Yillar xayolimdan o‘tmaydi bu kun. Ayt menga, sershovqin, sovuq dunyoda Nima eslamoqqa arzishi mumkin? Tuproqday sochilgan qismatlarnimi, Balki ilk odamzot bo‘lganin paydo?..
Shoshilib-shoshilmay oyoq qo‘yamiz, Baland binolarga boqib odatda. Zinalarni bosib ko‘tarilamiz, Hayotda, ilmda, adabiyotda. Har tong yo‘limizda uzun zinalar, Har kech qadamimiz ostida yana. Nafaqat bitondan, toshdan, taxtadan, Hattoki odamlar bo‘ladi zina. Yuksak-yuksaklarni ko‘zlaydi yurak, Faqat yuksaklarda omad bilinar...
To‘rtburchak dunyoni devorga osdim... Dunyo oshiq uchun yorning o'zidan iborat. Ishqqa oshno ko'ngilga yorning quvonchlari - dunyo quvonchi, yorning g'amlari - dunyo g'ami. Ammo yor uning dunyosini tark etsa-chi? Bunda oshiq hayot ma'nosini yo'qotmaslik uchun yor suratini devorga iladi. Qalbidagi so'nggi umid bilan yor yo'lini poylaydi. Bu yo'llar - yor ketgan yo'llar. Bu yo'llar - yor qaytmas yo'llardir. Hozir uni oppoq qor bosgan...