Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
Afving bor – gunohdan qo’rquv bilmayman,
Rizq berding- yo’l ranjin ko’zga ilmayman,
Rahmingdan oq yuz-la tursam Mahsharda,
Nomim qora deya tashvish qilmayman.
Ulug’ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo’lgan G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug’ilgan. Aniq fanlar sohasida o’z davrining yagonasi bo’lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.