Sahifa yuklanmoqda . . .


Tifllar toshiki…

Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora,

Bo‘ldi savdog‘a savodi a’zam andin har qora.

 

Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil,

Toshdin angla tanimni gar ko‘k o‘lmish, gar qora.

 

Dema ko‘nglung lavhig‘a yozg‘il xirad oyinini,

Baski qo‘yding dog‘i ishq ul safhadir askar qora.

 

Panjayi hurshidni go‘yo qora etmish kusuf,

To qiliptur ilgin ul huri paripaykar qora.

 

Dudi ohimdin, demaykim, zor jismim so‘zidin,

Kulki bo‘lmish o‘t tushib kuygan kabi bistar qora.

 

Umr yo‘q juz tiyralik, isyondakim, hayvon suyi,

Istamakdan ro‘zg‘orin topti Iskandar qora.

 

Chun Navoiy ishq aro komillig‘in sabt ettilar,

Bo‘ldi baskim, ahli ishq ot yozdilar mahzar qora.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Iyulda yuklangan

204 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tifl tosh jism qora savdo yosh yuz qizil tan ko’k ko’ngul ishq hurshid oh so’z
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari