Sahifa yuklanmoqda . . .


Ucholmasdan qoldi jonu tan...

Ucholmasdan qoldi jonu tan,
Osmon qayda? Qaradim ilkis...
Sochin yoyib falakda, sho‘x-sha’n
Porlar quyosh — Barchinday bir qiz.

Eshik oldi bir parcha chimzor,
Shu chimzorda yotdim cho‘zilib.
Sochlarimga shodu baxtiyor,
Chumolilar chiqdi tizilib.

Bir ninachi — sarxushu dovdir —
Jirkanmasdan qo‘ndi qo‘limga...
Titroq etdi jonimga dovur,
Nogoh hayron boqdim o‘limga.

Va eshitdim, yerning tagida
Dupur-dupur — yelib kelar ot.
Men — Alpomish behol yotibman,
Shoshib kelar Qorajon — Hayot!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

35 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jon tan barchin alpomish qorajon quyosh hayot yer
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari