Sahifa yuklanmoqda . . .
Ha - Asarlar - ha so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Sochimdan tirnog‘im qadar sevildim, Olovdan tuprog‘im qadar sevildim. Bir yorug‘ yuz izlab dunyolar kezdim, Ey xudo, yuzingdek yuzni topmadim.
Ona! Davralarning guli bo‘ldim men, Yolg‘on maqtovlarning quli bo‘ldim men. Quyoshning tik ketgan yo‘li bo‘ldim men, Qumlari to‘zg‘igan cho‘lcha qadrim yo‘q.
Kechir seni asray olmadim, Balolardan, zimistonlardan. Hayotingga farishta bo‘lib Kirolmadim meni kechirgil!
Ona qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men, Qandoq savdolarga boshimni berdim. Qandoq sahrolarda yurgandim ona, Qirq yil tovonimdan tikanlar terdim.
Sizning borligingiz naqadar yaxshi, Dunyoda gullarning borligi kabi...
Qachon gul ocharkinman, Qachon nur socharkinman. Xudoyim-a, xudoyim, Aytgil o‘zi man KIMMAN? Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Kimlarnidir qoralaganday, O‘ttizni ham qoraladim, xo‘sh... Yostig‘imning yarimi kabi Yuragimning yarmi hamon bo‘sh.
Osmon olis edi, osmon jim edi, Soddaman, bilmasdim chaqmoqning kuchin. Tunov kun yoningda turgan kim edi? Ko‘nglimni tarjima qildim sen uchun.
Qo‘y, aldama, bermagin firib! “Sevaman”, deb gapirma asti. Axir, qancha yolg‘on gapirib, Deysan yana “So‘zlarim rostdir”.
Ko‘pdan beri sevaman uni, Lek aytolmam, so‘zlarim mubham. Ammo u qiz bundan bexabar, Yuragimni bosar zilday g‘am.
Dardlarimni ichga yutdim hammasini, Butun umr go‘yo azob tortgandayman. Ko‘tarolmay o‘z aksimning hamlasini, Ich-ichimdan nurab borayotgandayman.
Unutaman! Imzo chekdim. Muhr qo‘ydim. Ne g‘am bo‘lsa, ko‘raverdim. Bilaverding. Axir kimga ko‘ngil qo‘ydim, kimni suydim? Gulni ko‘rsam sen yodimga kelaverding.
Ona, o‘lma, agar sen o‘lsang, O‘zim bilmay biror ayb qilmay. Mehr izlab, shirin so‘z izlab, Har eshikda sarg‘ayib yurmay.
Bog‘ edi, guliston edi chor-atrof, O‘shanda bor edi ishqning salmog‘i. O‘shanda har so‘zni qilardim tavof, Uncha shartmasmidi sevib qolmog‘im.
Sizni asramoqlik kelmadi qo‘ldan, Suysam, Sizni faqat she’rlarda suydim. Bag‘rimga ilonlar keldi o‘ng-so‘ldan, Siz-ku... o‘zimni ham boy berib qo‘ydim.
Fasl tanlamaydi muhabbat, Visol oni bor to‘rt faslda. Sizni men chin dildan sevaman, Siz meni sevmaysiz aslida.
Katta qora pashsha tinimsiz g‘ing‘illab deraza oynalariga o‘zini uradi, xona torlik qilayotgandek, yorug‘ dunyoga chiqib ketmoqchi bo‘ladi, toqatsiz g‘ing‘illaydi, qanotlarini vizillatib yana oynaga yopishadi, yana g‘ing‘illaydi… Deraza tagida yotgan usta Sobitali tush ko‘rardi. Tushida bundan ellik yillar chamasi naridagi – yigirma besh yoshlik davrlari.
Bir ajib hol: mish-mishlarga boqsam, chevrada ko‘zga ilinarli odam qolmabdi. Tasavvur qilyapsizmi, odam yo‘q! Suv bo‘lmasa, qurg‘oqchilik bo‘ladi, narsa bo‘lmasa, yo‘qchilik bo‘ladi, pul bo‘lmasa, kambag‘alchilik bo‘ladi, yemak bo‘lmasa, ocharchilik bo‘ladi, Odam bo‘lmasa-chi?!
Kecha u ko‘l bo‘yida “Tamara” ismli qiz bilan tanishib qoldi. Avvaliga sezmabdi – yonma-yon yotgan ekanlar, qirg‘oqda. Ularning bosh tomonidan bir to‘da bola quvlashib o‘tdi va kimdir «Voy-y!» deya qichqirib yubordi. Ovoz kutilmaganda, shundoqqina biqinidan chiqqani uchun u bir sapchib tushdi. Chalqancha yotgan ko‘yi boshini ovoz kelgan tarafga burdi...
Qishloqning markazidagi eski do‘konning yonidan o‘tgan ko‘chada joylashgan hashamatli imorat, bu — Xurmoli qishlog‘ining oqsoqoli Sotimxon degan odamning uyi edi. Sotimxon bo‘ydor, elkalari keng, ustida doim kamzul, boshida do‘ppi, oyog‘ida kovush kiyib, qishloqning to‘-yu marakalarida boshchilik qilardi.
Go‘dakligimda dadam hecham ishga bormasa, tongdan tungacha meni «ho‘ppa-ho‘ppa»lab yuqoriga otib ko‘nglimni xushlasa derdim. Oyim nega ishlarkin-a? Aqlimga sig‘dirolmasdim. Keyin bilsam bari men uchun ekan. Mening shodligim, kelajagimga zamin yaratish payida yurisharkan.
Hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz. O‘zbekovullik Tirkash muallim g‘unchaday besh yashar qizchasidan ayrilib qoldi. Bola – bola-da, yon hovlida gurillab ishlayotgan nasosning tovushiga qiziqib borgan-u... Ko‘zlari kirtayib, rang-ro‘yi bir holga kelib qolgan muallimni uch kundan so‘ng militsiyaga chaqirishdi.
5-sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya darsida yuz metrga yugurish sinovidan o‘tadigan bo‘lishdi. Mamasoli aka bolalarni stadionga olib chiqdi. “Start” deb yozilgan chiziqqa to‘rt o‘quvchi qo‘yildi. Ularning orasida sinf chopag‘oni Nosir ham bor edi.
Notiq ryumkani olib o’rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o’zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so’z boshladi: - O’rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to’lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi: - Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o’z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo’r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo’ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o’zingizga ma’lum bo’lganligi uchun bunga keng ravishda to’xtab o’tirishni lozim ko’rmayman. Notiq oila to’g’risida o’z fikrini bayon qilganidan so’ng “Xotin va sotsializm” degan kitobning bir yeridan uch, yana bir yeridan ikki, yana bir yeridan bir yarim sahifa o’qib berdi.