Sahifa yuklanmoqda . . .


Dardlarimni ichga yutdim hammasini...

Dardlarimni ichga yutdim hammasini,
Butun umr go‘yo azob tortgandayman.
Ko‘tarolmay o‘z aksimning hamlasini,
Ich-ichimdan nurab borayotgandayman.

Bilmaysizda menda mayda dardlar emas,
Olamshumul iztiroblar bergan iz bor.
Hayotimda faqatgina gardlar emas,
Olamlarni qamal qilgan bitta qiz bor...

Dard g‘aribi, yuz sorig‘i bo‘ldim netay,
Es-hushimdan, bor-yo‘g‘imdan qilgin judo.
Ich-ichimdan nurab borayotganimda,
Ich-ichimda meni bunyod ayla Xudo!

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 16-Aprelda yuklangan

43 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dard umr azob aks iztirob iz hayot olam qiz gard
Muallif
Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Baxt bekati” nomli kitobi chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida faoliyat yuritadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Odiljon She'rlari Shavkat Odiljon asarlari