Sahifa yuklanmoqda . . .


Unutaman! Imzo chekdim. Muhr qo‘ydim...

Unutaman! Imzo chekdim. Muhr qo‘ydim.
Ne g‘am bo‘lsa, ko‘raverdim. Bilaverding.
Axir kimga ko‘ngil qo‘ydim, kimni suydim?
Gulni ko‘rsam sen yodimga kelaverding.

Yuz o‘girsam yuzim qaro bo‘lsin dedim.
Tushlarimda oyday yuzing ko‘zim ochdi.
Axir seni qanday yaxshi ko‘rar edim,
Ko‘rguliklar sabab bugun to‘zim qochdi.

Baxt neligin anglamadim shuncha yashab,
Unutdimi deb qo‘rquvdim, biroq topdi.
Men barini erta qo‘ldan berib qo‘ydim,
Baxt degani meni izlab kechroq topdi.

Hammasiga roziman-ku baxt berolsang...
Sensiz borar manzilim ham toshu chaqir.
Ayb bo‘ladi meni qattiq sevib qolsang,
Sevmay qo‘ysang katta gunoh bo‘lar, axir...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 16-Aprelda yuklangan

19 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
gul sevgi muhabbat ko'ngil tush oy yuz baxt
Muallif
Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Baxt bekati” nomli kitobi chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida faoliyat yuritadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Odiljon She'rlari Shavkat Odiljon asarlari