Sahifa yuklanmoqda . . .


Kimlarnidir qoralaganday...

Kimlarnidir qoralaganday,
O‘ttizni ham qoraladim, xo‘sh...
Yostig‘imning yarimi kabi
Yuragimning yarmi hamon bo‘sh.
Aslo meni solmang Xudoga,
Demang: bo‘lgan imondan judo.
Axir hamma bir xil Xudoga,
Tarafkashlik qilmaydi Xudo.
Dardingizni qilmang dasturxon,
Barchada bor bu tur "noz-ne’mat".
Yuragimning yarmi baxtiyor,
Qolgan yarmi esa kamomat.
O‘tmish sizib turar tanimdan,
Goh kelajak tuyular vahm.
Yuragimning yarmida Xudo,
Qolgan yarmi bir parcha lahm...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 16-Aprelda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo sevgi hasrat yostiq yurak imon dard vahm
Muallif
Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Baxt bekati” nomli kitobi chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida faoliyat yuritadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Odiljon She'rlari Shavkat Odiljon asarlari