Sahifa yuklanmoqda . . .
Qo'l - Asarlar - qo'l so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Men horidim yo‘llarni kezib,— Hechlik sari barcha-barcha yo‘l. Hayotidan bekorlik sezib, O‘zni osdi kiftlarimga qo‘l.
Ko‘zimdan ko‘ra Yuragim ko‘proq yig‘ladi. Oyog‘imdan ko‘ra Yugurdi ko‘proq...
Mening o‘ng qo‘lim bor, Mening so‘l qo‘lim. O‘ng tomonim — bo‘m-bo‘sh, So‘lida — yurak. Yuraksiz tomonda (Bilmayman o‘zim!) Yuraksiz boshim ham bo‘lishi kerak.
Qo‘llarim gullagan edi, bahorim, Qara, gullab turgan qo‘llarim xazon. Bo‘yningga osilib gullagan edi, Bag‘ringda yozilib gullagan edi, Ketding, ikki qo‘lim sarg‘aydi bejon.
Chap ko‘ksimda yurak. Chap qo‘lim bilan Qushga don tutaman: — Qo‘rqma, qush, donla!..
Qo‘llaringni qo‘limga ber, mehrim o‘tsin, Ko‘zlaringni ko‘zimga ber sehrim o‘tsin. Qattiqroq sev, bor borlig‘im ishqdir mani, Poyimga cho‘k, poyim tillo ko‘shkdir mani.
Bir halol yumushga bormaydi qo‘li, Har qayda so‘z bilan aybin yopadi. Faqat bir jumlani takrorlar tili: “Yaxshi ot, do‘stlarim, keyin chopadi!”
– Yo‘lovchi, qaylarga shoshasan, Adog‘i bormi hech yo‘lingni? – Hali ko‘p dovonlar oshaman, Do‘st bo‘lsang uzatgil qo‘lingni!
Tun chodirin yopinadi kelinday, Sayyoralar pirpiraydi boshimda. Hasos o‘ylar tortqilashib qo‘limdan, Sukut qizi ta’zim qilar qoshimda.
O‘rtamizda behudud yo‘l, Qanotim yo‘q, uchar bo‘lsam. Etmas balki uzatsam qo‘l, Eshitmasman quloq solsam.
Bir cholni uchratdim, Qo’li qon edi, «Nima bo’ldi?» — deya so’radim hayron. «Do’stimni dushmanga sotgandim…- dedi, — Ikki qo’lim qondir o’shandan buyon». Bir cholni uchratdim, Tili yo’q edi, «Nima bo’ldi?» — dedim yoniga kelib. G’o’ldirab nimadir dedi,xo’rlangan Bobolar qabriga ishora qilib.
Ishdan kelsam hovli betartib, Xuddi uyda kelinim yo'qday. Dadamizga murojaat qildim Eshittirib kelinga atay: - Dadasi-chi, endi bozordan Oyog'i bor supurgi oling. Qolib ketsa yo'lakda darrov Topib olsin o'zi o'z joyin...
O'qidim go'zal hikmat: "Sizning yaxshilaringiz - Ahli ayoli bilan Yaxshi bo'lganlaringiz". So'kinib jaranglatdi, Erim o'z xonasini: -Hoy, ruchkamni kim oldi? He, o'sha, onasini...
Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan ko'rayki, Kelin yarim yalang'och. Sharqning qizi bo'lganda, Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq, Bo'lmas edi libosi...
Kuyov bolam, o'z bolam, Mani qorako'z bolam, Dilimda bir so'z, bolam, Qizim yomon - siz yaxshi. Erka bolam, arslonim, Oyim turgan osmonim, Qo'lingizdadur jonim, Qizim yomon - siz yaxshi...
Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining oʻgʻli. Choʻpday ozgʻin, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, koʻzlari charosdek qop-qora, qoʻllari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan oʻn toʻrt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning oʻzi edi. Yanguli otasi bilan Venetsian koʻchasida, Chalbash daryosining boʻyida yashardi. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yoʻq davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshkoʻk, sut-qatiq sotib kun koʻrishadi. Yanguli hech qayerda oʻqimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qoʻshnilarga sut-qatiq tarqatar edi…
Kelmoq qo’lda bo’lsa, kelmasdim bir dam, Ketmoq qo’lda bo’lsa, ketmas edim ham. Juda soz bo’lardi: bu g’amxonaga Kelmasam, turmasam, kelib-ketmasam.
Falak qulog’imga gapirdi sekin, Qazo hukmin mendan ko’rasan, lekin – Aylanishim bo’lsa edi qo’limda, O’zimni to’xtatib, olar edim tin.
Kulol do’koniga kirdim bir safar, Dastgohda ishlardi usta ko’zagar. Gado qo’lidan-u shohning boshidan Ko’zaning bo’yni-yu dastasin yasar.
Bor narsadan qo’lda qolgani shamol, Bor narsa yo’qolur, bo’lur poymol. Bor narsani yo’qqa hisob etaver, Yo’q narsani bor deb etgil ehtimol.
Mast qo’liga tushsa piyola, aslo Uni sindirmoqni ko’rmaydi ravo. Shuncha nozaninlar qo’l, bosh chanog’in Kim sindiradi? Kim bergandi oro?
Rizqingni oshig’-u kam qilib bo’lmas, Oz-ko’p deb ko’ngilga g’am qilib bo’lmas, Bu ishlar sen-mening qo’limizdagi Mum emas-da, ezib, ham qilib bo’lmas.
Tiriklikdan nima g’aming bor, ey yor? Behuda fikrdan dil-jonda ozor, Quvnoq yashagil-u umring shod o’tkaz, Taqdir qo’lingdamas, nima chorang bor?
Olam gardishidan o’z bahrangni ol, Shodlik taxtiga min – qo’lda may halol, Boysunsang-sunmasang xudo zor emas, Olamda baxtingni o’rinlatib qol.