Sahifa yuklanmoqda . . .
– Yo‘lovchi, qaylarga shoshasan,
Adog‘i bormi hech yo‘lingni?
– Hali ko‘p dovonlar oshaman,
Do‘st bo‘lsang uzatgil qo‘lingni!
– Ayta qol, bormi yo qanoting?
-Toliqsam, yo‘llarda she’r aytgum…
– Kezmoqqa eturmi hayoting?
– Yo‘l yurib umrimni uzaytgum!..
1968
Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).