Sahifa yuklanmoqda . . .


Chap ko‘ksimda yurak...

Chap ko‘ksimda yurak.
Chap qo‘lim bilan
Qushga don tutaman:
— Qo‘rqma, qush, donla!..

O‘ng ko‘ksimda esa
Dahshatli bo‘shliq
Hech kimga ishonmay huvillab turar.
Yuraksiz o‘ngimga
Sadoqatli qul —
O‘ng qo‘lim
Miltiqni
Paypaslar — muzday...

Ikkiga bo‘linar
Sho‘rlik qushcha ham:
Chap tomoni qo‘nar donli kaftimga,
O‘ng tomoni hamon shoxda turibdi.
O‘ng tomoni menga sira ishonmas,
Huvillab turibdi o‘ng tomonida,
Xiyonat qoldirgan
Qo‘rqinchli bo‘shliq.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

256 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yurak chap o'ng qush don xiyonat miltiq qo'l
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari