Sahifa yuklanmoqda . . .


Sevgilim

Sen mening orzum bo‘l,
Qo‘shiq bo‘lib yangra qalbimda.
Muqaddas bo‘y bo‘lgin,
Umri uzun bo‘l,
Armon bo‘lib qolma qalbimda!

Zangori bo‘shliqlarga sho‘ng‘i,
Yulduz bo‘lib porla, quvonay.
Sabo bo‘lib esgil tonggi —
Go‘zalliging shavqiga qonay.

Seni kuylab o‘tay…
Hur bo‘l,
Yoniq qalbim bo‘lib qol, gulim!..
Umrimga mezon bo‘l,
Maqsad bo‘l,
Ko‘zlarimga nur bo‘l, sevgilim!..

1969

* * *

Buloqqa bir umr qurimoq yotdir;
U yillab kurashib toshlarni yorgan.
Uning har qatrasi — obihayotdir,
Uning har tomchisi — tuganmas armon.

* * *

Goh tunlari o‘ysiz o‘tmaydi,
Goh qalbingga etmaydi kuching.
Jasorating o‘zi etmaydi,
Sevaman, deb aytmoqlik uchun.

1978


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 13-Iyunda yuklangan

15 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari