Sahifa yuklanmoqda . . .


Saraton

Yenglik liboslardan voz kechdi shahar,

Yelkalar yalang‘och, yalang, och ko‘zlar.

Olislarda esa suvlar sepishar

Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar.

 

Shahar qizg‘onmaydi xiyobonlarin,

Sun’iy ko‘lini-yu qayiqlarini.

Ammo dil qo‘msaydi sokin bog‘larning

Olmalar oqizgan ariqlarini.

 

Shahar ko‘p narsani menga o‘rgatdi,

Hammasini sanab, aytib bo‘lmaydi.

Shu yerda suyagim va diydam qotdi,

Endi qishloqqa ham qaytib bo‘lmaydi.

 

Tongda derazamdan siniq nur tushar,

Ne tongkim, bugun ham namlidir ko‘zlar.

Axir tushimda ham suvlar sepishar

Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar...

 

1992


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 19-Iyunda yuklangan

33 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
libos shahar ko'ylak qizlar suv
Muallif
Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Batafsil


Yangi She'rlar Iqbol Mirzo She'rlari Iqbol Mirzo asarlari