Sahifa yuklanmoqda . . .
Yo'l - Asarlar - yo'l so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Meni asta-asta xazon aylar dard — Meni yuta boshlar torlik, tanqislik... "Yo‘lim qani?", deyman — ko‘rinadi qalb, "Manzil qayda", deyman — kelar yolg‘izlik.
Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim. Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.
Men horidim yo‘llarni kezib,— Hechlik sari barcha-barcha yo‘l. Hayotidan bekorlik sezib, O‘zni osdi kiftlarimga qo‘l.
Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda Buncha alam, Buncha alam! Ustu boshi chang ko‘rmagan, Dard ko‘rmagan Erka bolam!
Yuraver. Qolma yo‘ldan. Qolgan qolar. Achinma. Cho‘chima hech narsadan — O‘zbekiston oldinda.
Bahodir, men sen bilan suhbatdosh bo‘lgandim. Dunyolarni dengizday yuragingga cho‘ktirib qo‘yganding... Ammo, o‘zing Amudaryoga cho‘kib ketganding. Ukam, shu she’rni senga bag‘ishladim. Malika, men seni ko‘rganim yo‘q. Sen o‘z sevgingga g‘arq bo‘lding... Singlim, shu she’rni senga bag‘ishlayman.
Qizil chiroq — yo‘l yo‘q. To‘xtagin! Qizil chiroq — eshiklar yopiq. Nima qilay — meni sevmading, Qizil chiroq ko‘zingda yoniq.
Biz parallel chiziqlarmiz, Uchrashmaymiz hech qachon. Olg‘a qarab talpinamiz, Izma-izmas, yonma-yon.
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar, Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar. Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar, Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi. Menga juda yoqdi bu javob. Osmonning oxiri yo`q, axir! Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz. Osmonning esa oxiri yo`q.
Yoqub to‘ram kallasini salgina boshqacha ishlatgan edi, hayotida tubdan burilish yuz berdi: kissasi pul ko‘rdi, ro‘zg‘origa baraka kirdi, nomi mahalla-ko‘yning og‘ziga tushdi, hammasidan ham, begonalar tugul, uyidagi bola-chaqalarigacha uning izzat-hurmatini joyiga qo‘yadigan bo‘lishdi!
Sochimdan tirnog‘im qadar sevildim, Olovdan tuprog‘im qadar sevildim. Bir yorug‘ yuz izlab dunyolar kezdim, Ey xudo, yuzingdek yuzni topmadim.
Ko‘hna dardlarimni yashirmoqchiydim, Qo‘ymoqchi emasdim qo‘ldagi torni. O‘zimni qo‘lingga topshirmoqchiydim, Yomg‘ir — bevaqt dilni yuvib yubordi.
Xudo “Ol, qulim!” deb turgan ekanmi, Ikrom kompyuter dasturchilari tanlovida yutib chiqdi-yu, Yevropa mamlakatlardan biriga sayohat yo‘llanmasiga ega bo‘ldi! Borish-kelish, yashash, ovqatlanish, qo‘yingki, hamma xarajatlar tashkilotchilar zimmasida ekan!
– Yo‘lovchi, qaylarga shoshasan, Adog‘i bormi hech yo‘lingni? – Hali ko‘p dovonlar oshaman, Do‘st bo‘lsang uzatgil qo‘lingni!
O‘rtamizda behudud yo‘l, Qanotim yo‘q, uchar bo‘lsam. Etmas balki uzatsam qo‘l, Eshitmasman quloq solsam.
Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun. Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? Ko‘zi qora, yuragi oq shu el uchun, Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun, Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Goho sizning borligingiz unutdim, Yo‘llarimda zorligingiz unutdim. Umidlari kesilgan bu dunyoda Yolg‘iz umidvorligingiz unutdim. G‘animatim, omonatim – onajon.
Osmonimni obod qilgan qamar eding, Balolardan saqlaguchi tumor eding. Ko‘zlarimga mudom ko‘zi xumor eding, Yo‘llarimni yoshing bilan yuvar eding, Meni desa joningni ham berar eding.
Ishdan kelsam hovli betartib, Xuddi uyda kelinim yo'qday. Dadamizga murojaat qildim Eshittirib kelinga atay: - Dadasi-chi, endi bozordan Oyog'i bor supurgi oling. Qolib ketsa yo'lakda darrov Topib olsin o'zi o'z joyin...
O'qidim go'zal hikmat: "Sizning yaxshilaringiz - Ahli ayoli bilan Yaxshi bo'lganlaringiz". So'kinib jaranglatdi, Erim o'z xonasini: -Hoy, ruchkamni kim oldi? He, o'sha, onasini...
Bir sahroyi ayolning O'g'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan Biror kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini Sepib qochib ketarkan...
Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining oʻgʻli. Choʻpday ozgʻin, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, koʻzlari charosdek qop-qora, qoʻllari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan oʻn toʻrt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning oʻzi edi. Yanguli otasi bilan Venetsian koʻchasida, Chalbash daryosining boʻyida yashardi. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yoʻq davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshkoʻk, sut-qatiq sotib kun koʻrishadi. Yanguli hech qayerda oʻqimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qoʻshnilarga sut-qatiq tarqatar edi…
Qani ul sirdosh do’st – sir aytsam bir dam, Azalda qandayin bo’lgani odam: Jafo-yu qayg’udan qorilgan loyi, Bir yo’l jahon kezib, tez uzdi qadam.