Sahifa yuklanmoqda . . .


Bani Isroili Rindning tavbasi

(Bani Isroilini Rindning manmanlikdan tavbasi tufayli xonadonning yuksalishi, qasamning qof toshlaridan falakka chiqqani va may seli u binoni yiqitgani)

 

Rindi Bani Isroili degan bo‘lib, may deb mayxonalarda tilanchilik qilardi. May uning hayotining ozig‘i bo‘lib, xalq orasida Maymana ismi bilan tanilgan edi. Gavdasi ko‘zacha yashashga nuqsonsiz bo‘lganidek, o‘zining Rind degan ismi mayga berilganligini bildiradi. Mayxonadagi odamlarning ichayotgan idishini tortib olib, tagida qolgan bir qultumini ichib yuborardi. Tagida qolgan may quyqasidan bir yutum tegmay qolsa, o‘sha zahoti musibat yuz berardi.

U ko‘p tavba qilar, lekin tavbasini sindirar, ko‘nglini tavba qilishdan tindirgan ham bo‘lardi. Tavba qilishda bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘yishi oshkor bo‘lgach esa endi tavba qilganidan pushaymon bo‘lardi. Bir kuni ertalab (kecha) ichganidan beqaror bo‘lib turgan edi, mehribonlik eshigidan kushoyish yuz berdi. Hotif (g‘oyibdan) ovoz qilib: «Ey mahmadona, endi tavba qil, buning vaqti keldi! Sen so‘raganingda bizga (yuqoridan) rizolik bo‘lmagan edi. Rozilik bo‘lmaganidan so‘ng qazo hukmi ham bo‘lmaydi. Biz tomonimizdan (yana) talab qo‘yilgan edi. Endi yaqinroq kelki, xursandchilik pallasi yuz berdi».

Rind ichiga shavq nuri tushib, tanasiga ko‘zyoshlari shavq girdobidek ta'sir ko‘rsatdi. Shundan keyin uning ulushi huzur va safo bo‘lib, tavba esa uning ko‘ngliga nur hamda xursandchilik sola boshladi. Yillar davomida nimalarni tilab, yolborgan bo‘lsa, bir damda barchasiga musharraf bo‘ldi. Tavbaga qarab o‘zi yuz o‘girgan edi, tavbasi shisha kabi shikast topdi. Shu ravishda Haq uni tavbaga mahram etib, Iskandar devoridek mahkam ham qildi.

Tavba o‘zingdan yuzaga kelgan bo‘lsa, ancha sust bo‘lib, Allohdan kelgan tavba esa shunday mustahkam bo‘lgusidir.

Gunohlar Navoiyni ham ko‘p qayg‘uga solib, tashvishlantirdi. Yo Alloh, o‘zing tavba qildirib, qabulini ham o‘zing amalga oshirgaysen!

Ey soqiy, qadahni keltir-da, tez bizga tut! Ahdning boshini va tavbaning oyog‘ini sindir! Uzr aytsam, yiqitib, tomog‘imga quy, lekin quyganda ham, ko‘kragimning ustiga chiqib turib quy!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Noyabrda yuklangan

69 marta ko'rildi

7 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Hikoyatlar Alisher Navoiy Hikoyatlari Alisher Navoiy asarlari