Sahifa yuklanmoqda . . .


No‘shirvon hayo bog‘ida

(No‘shirvonning hayo bog‘ida nargis ko‘zidan ko‘zining nargisi uyalib, nargis ko‘zlik gulrux yorini quchoqlashni istamay, o‘zini chetga olishni istagani)

No‘shirvon valiahdligi chog‘ida bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi. Ko‘ngli g‘uncha singari to‘la qon edi, lekin g‘am sirlarini pinhon tutardi. Unga visol muyassar bo‘lgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshidan kechirdi. Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulrux yori bilan suhbat qurdi. Baxtiyor shahzoda yorini quchmoqchi bo‘lgan edi, guluzor ham bunga rozi bo‘ldi. Dilbar hamdami tomon u qo‘lini uzatganda, bir tup nargisga shahzodaning ko‘zi tushib qoldi. Shunda ahvoli o‘zgarib, u qo‘lini tortib oldi. Sumanbar yori hayron bo‘lib, so‘radi:

- Qo‘lingizni uzatganingiz nimasi-yu, yana tortib olganingiz nimasi?

Adabli shoh bunga shunday javob berdi:

- Shunday bir visol damida menga mone'lik qilgan narsa nargisning shahlo ko‘zi bo‘ldi.

Hayo ko‘zi bilan olijanoblik bu ishda unga kuch bermadi. Uning nargisdek ko‘zlari yoshga to‘lib, o‘rnidan turdi-da, bu ishdan voz kechdi. Oxirida uning bu sof niyatliligi, shunday hayochanligining xosiyati uni butun olamga shoh qildi, adolati esa olamni panohiga oldi.

Aysh, ey Navoiy, qancha dilkash bo‘lsa ham, lekin adab bilan hayo undan yaxshiroqdir. Ey soqiy, adab shartlariga hozir bo‘l, oldimda to‘qqiz bor ta'zim bilan boda tut, toki men uni «o‘zing ich!» deb, senga qaray, bir tomchi tomdirsang to‘qqiz marta, to‘ksang o‘ttiz marta qo‘shimcha ichkazay.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 19-Noyabrda yuklangan

52 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Hikoyatlar Alisher Navoiy Hikoyatlari Alisher Navoiy asarlari