Sahifa yuklanmoqda . . .

Xurshid Davron She'rlari

Xurshid Davron She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Dillarda shubha tug‘ilganda Qulf paydo bo‘lgan. Yuraklar qo‘rquvdan tugilganda Qul paydo bo‘lgan. Hamdard yo‘qligidan Dard paydo bo‘lgan. Dardsiz yuraklarda Gard paydo bo‘lgan.

57
She'r
Xurshid Davron

Jasorat tuyg‘usi yonida Qo‘rquvning nafasi biz bilan. Lojuvard osmonni to‘ldirgan Qushlarning qafasi biz bilan. Biz bilan bobolar armoni, Hadikning hassasi biz bilan. Yurtim deb jon bergan botirlar, Bobolar qissasi biz bilan.

41
She'r
Xurshid Davron

Hamma o‘ngga yursa, chapga yuraman, Hamma o‘tirganda, tikka turaman, Hamma “ha” desa men “yo‘q” deyman, Hamma osh yesa men mosh yeyman, Hamma “oyoq” desa, men “bosh” deyman dedi.

54
She'r
Xurshid Davron

Qayg‘um manim — bir umrlik jo‘ram manim, Yuragimning ich-ichida hujram manim, Oynasidan oyning nuri tushib turgan, Qafasdagi bulbuldayin uchib yurgan, Qayg‘um manim Qayg‘um manim — Tug‘ilmishdan soyamdayin yonimdasan, La ilaha illallohday yodimdasan. Har dam manim jonimdasan, qonimdasan, Yillar, oylar, kunlarimu onimdasan, Qayg‘um manim

0
She'r
Xurshid Davron

Agar taxtda o‘tirsa dajjol, Unga bosh egsang, Ko‘rinmas taxtining poyida Minnatdorona ko‘zyosh to‘ksang gohida Vaqt o‘tib yillar o‘tib Sen ham ozma-oz Dajjolga aylanasan.

34
She'r
Xurshid Davron

Kuni bilan tortishdim Ko‘zi ojiz jo‘ram bilan Bugun hayot haqida. U: «Dunyo Qanday go‘zal ekanini Bilmaysan!» -dedi.

30
She'r
Xurshid Davron

Allohim, rahmdilim, Nima ayb qilgan bo‘lsam, Bilasan aytmasam ham. Sen yoqqan yulduzlardan Nur to‘kilar bag‘rimga, Ammo dildan ketmas g‘am.

30
She'r
Xurshid Davron

Men Garsia Lorka… balki Rauf Parfi … yo‘q-yo‘q, Takuboku … menimcha, Cho‘lponning she’rini o‘qiyotgandim — nigohimni to‘xtatdi so‘zlarning biri… Ko‘z oldim yorug‘lashdi .

36
She'r
Xurshid Davron

Binafsha meni chaqirdi Qor erigan bog‘cha chetidan Kimnidir chaqirdi Yuragimning ichidan Kel dedi binafsha Kul dedi binafsha Ko‘kargan bog‘cha ichidan Sen kelmasang

46
She'r
Xurshid Davron

Sag‘ir saharlarda qizargan quyosh Yag‘ir yelkalarni yoritgan chog‘da, Bir olma gulladi nofarmon,qiyg‘och, Bir olma gulladi uyqusiz bog‘da. Uning g‘unchalari qizday beg‘ubor, Kabutar qoniday, tungi charog‘day — Bir olma gulladi bevaday beor,

35
She'r
Xurshid Davron

Meni qiynash shuncha rohatmi? Labingning chetida turadi mudom Sovuq tig‘ing — nim tabassuming. Sen shunchalar rostgo‘ysan, Mana shu rostgo‘yliging Aldab keladi meni…

29
She'r
Xurshid Davron

Bu dunyoda ayri bizlar, Men kuzdirman, sen – bahor. O’rtamizda yotar muzlar, O’rtamizda qorlar bor. Bu dunyoda ayri bizlar, Sen quvonchsan, men – alam. O’rtamizda bulbul bo’zlar –

29
She'r
Xurshid Davron

Ro’mol o’rab ko’chaga chiqdi, Ro’molini yechdi ko’chada Va sochlari birdan shovillab Oqib ketdi yelkalaridan. Juda go’zal ayol edi u! Qalandarday ergashdi hilol…

37
She'r
Xurshid Davron

Men sevaman,- shivirlar ayol,- Kirlaringni yuvib beraman. Dazmollayman ko’ylaklaringni Seni quchgan qo’llarim bilan. Faqat bir kun yoningda yotib, Qulog’ingga shivirlasam bas: «Yuragimning ostida kimdir Xuddi sendek olmoqda nafas

53
She'r
Xurshid Davron

Sen kelasan… Sel kelganda Toshgan daryo bo’laman. Beda ortgan aravaday Xushbo’ydirman sen bilan. Sen ketasan… Ortingdan men Boqarman cho’l yo’lida —

26
She'r
Xurshid Davron

Derazangni chertganida yomg’iru shamol, Meni yodga olurmisan, ey yolg’iz ayol. Uzun tunlar qiynaganda cheki yo’q xayol, Meni yodga olurmisan, ey go’zal ayol?! To’kilganda dardim kabi bargu xazonlar, Ko’z oldingni to’sganida qora to’zonlar, Sog’inchingni yashirolmay subhi azonlar, Meni yodga olurmisan, ey go’zal ayol?!

25
She'r
Xurshid Davron

Bu dunyoning armonlari ko’p ekan, Ketar bo’lsang, tomonlari ko’p ekan, Chechagidan somonlari ko’p ekan, Xayr dema,xayr dema,sevgilim. Yarmi qora, yarmi oqdir dunyoning, Yarmi sahro, yarmi bog’dir dunyoning, Yarmi visol, yarmi dog’dir dunyoning, Xayr dema,xayr dema,sevgilim.

30
She'r
Xurshid Davron

Tabassuming yodimda hamon, Yodimdadir xandon ko’zlaring. Kulgularing eslayman, bu on Unutilgan yolg’on so’zlaring. Atirgulning bargiday qizil, Alvon edi tabassuming ham — Ey ko’zlari xandon urgan qiz, Nahot sendan qoldi faqat g’am?!

29
She'r
Xurshid Davron

Bilasizmi,ba’zan tunlari Sog’inaman sizni judayam… Istayman men shunda: Tun kabi Sizni mahkam bag’rimga bossam. Shamol sochgan sochlaringizni Olovida ketsaydim kuyib, Kechalari bossam bag’rimga

24
She'r
Xurshid Davron

Bir cholni uchratdim, Qo’li qon edi, «Nima bo’ldi?» — deya so’radim hayron. «Do’stimni dushmanga sotgandim…- dedi, — Ikki qo’lim qondir o’shandan buyon». Bir cholni uchratdim, Tili yo’q edi, «Nima bo’ldi?» — dedim yoniga kelib. G’o’ldirab nimadir dedi,xo’rlangan Bobolar qabriga ishora qilib.

53
She'r
Xurshid Davron
Bahodir Mamajonov

Unutayin degandim seni, Unutolmay qiynaldim seni. She’rlarimga ochdim sirlarim, Ketolmadi dildan she’rlarim. Men qushlarga aytdim ularni, Qushlar sevib qoldi gullarni. Men gullarga aytdim sirlarim, Seni yodga soldi islari.

20
She'r
Xurshid Davron

Bu dunyoda orzu qilish soatlari bor, Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida, Yashilgina sayhonlikda, o’tlar ustida Hayratni quchoqlab yotganda. Bu dunyoda azoblanish soatlari bor, Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida, Yashilgina sayhonlikda, o’tlar ustida

23
She'r
Xurshid Davron

Seni qo’msab,ichikkan olis O’sha sen tush ko’rgan manzildan Olib keldim senga bir hovuch Bobolaring qoni — qizildan. Yerga tomgan har bir tomchi qon Beiz ketmas,deganlari haq. Men keltirgan bir hovuch marjon Mehringga zor,mehringga ilhaq.

21
She'r
Xurshid Davron

Qachon keldim? Nimaga keldim? YO she’r izlab keldimmi bunga? Nega kelib bag’rimni tildim, Nega dardim so’yladim tunga? Mungli Qirim bog’lari aro O’tar ekan kunlarim, nechun O’z-o’zidan tundek qop-qaro

19
She'r
Xurshid Davron