Sahifa yuklanmoqda . . .


Binafsha

Binafsha meni chaqirdi
Qor erigan bog‘cha chetidan
Kimnidir chaqirdi
Yuragimning ichidan
Kel dedi binafsha
Kul dedi binafsha
Ko‘kargan bog‘cha ichidan
Sen kelmasang
Sen kulmasang
Men so‘laman dedi binafsha
Kar ko‘rmisan
Gar ko‘rmasang
Men o‘laman dedi binafsha
Ay jonim binafsha
Yuragimning hovuchida
Hayajonim binafsha
So‘layotir bog‘cha chetida
Ko‘ru kar
Saqovu gung
Yolg‘izlikning ichida

2015

***

Suydigimning sochlari qora –
Dardim kabi.

Suydigimning kiprigi uzun –
Dardim kabi.

Suydigimning lablari shirin –
Dardim kabi.

Suydigimning ko‘zlari yashnar
Dardim kabi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

35 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari