Sahifa yuklanmoqda . . .
Sen kelasan…
Sel kelganda
Toshgan daryo bo’laman.
Beda ortgan aravaday
Xushbo’ydirman sen bilan.
Sen ketasan…
Ortingdan men
Boqarman cho’l yo’lida —
Aravadan tushib qolgan
Xushbo’y beda guliday..
O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.