Sahifa yuklanmoqda . . .
Tabassuming yodimda hamon,
Yodimdadir xandon ko’zlaring.
Kulgularing eslayman, bu on
Unutilgan yolg’on so’zlaring.
Atirgulning bargiday qizil,
Alvon edi tabassuming ham —
Ey ko’zlari xandon urgan qiz,
Nahot sendan qoldi faqat g’am?!
Men bilaman, eng so’nggi palla
Jonsiz qolib,sirg’alsa qo’lim,
Sening…sening tabassuming-la
Ko’zlarimga boqadi o’lim.
O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.