Sahifa yuklanmoqda . . .
Xurshid Davron She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
Derazamning ostida tongda Sayragan qush sizmasmi, ota? YO to’nimga ko’klam, mozorda Yopishgan gul sizmasmi, ota? O’n yildirki dunyoda yo’qsiz Yuragimda qolgan firoqsiz.
Suyaman qadimiy kitob varag’i Sokin shitirlasa sukunat aro… Ularda jo erur o’tmish daragi, Ularda “qora”mas, yozilar “qaro”. Ulardan dashtlarning isi keladi, So’lgan rayhonlarning kelar nafasi. Ular sayroq bulbul yashab, g’am chekib Keyin tashlab ketgan tilla qafasdir.
Qo’shnimning Karlusha ismli zag’izg’oni bor. “Kar-lu-sha” – deb chaqirar Qizcham har kuni tongda Bog’chasiga ketayotganda… Karlusha shaqillab qo’yar qanotlarini yoyib.
Moziyning qushlari Uchib kelarlar, Olisdan kelarlar, Toliqib chanqoq. Meni-da ko’rarlar, Xandon kularlar. Chaqmoqqa qo’narlar – So’nadi chaqmoq.
— Yo’q, — dedim, — yo’q, Chidashim qiyin – Yerda g’am ko’p, yerda ko’p firoq. Uchib ketdim osmonga keyin, Hasratlardan bo’lay deb yiroq. Uchay, dedim, Kuch berar, dedim, Yuragimga samoviy tushlar,
Bilasizmi, ba’zan tunlari sog’inaman sizni judayam… Istayman men shunda: Tun kabi Sizni mahkam bag’rimga bossam. Istayman men: tomchi yosh bo’lib
Mening o’g’lim qo’rqmaydi itdan, Mening o’g’lim qo’rqar fashistdan. Kinodan so’ng yig’laydi hadeb: “Nega otdi kampirni, ayt?” – deb. Savol berar labi burishib, Yig’lar uzoq, yuzi tirishib.
Onam qarib qolgan. Tushida So’zlashadi u otam bilan. Ko’zlaridan oqqan yoshida Men otamning aksin ko’raman. Onam qarib qolgan. Qo’rqaman, Ba’zan azob bo’g’zimni qisar. Ko’zim yumsam uni ko’raman, Shundan yoshga to’ladi ko’zlar.
Uni tongga tirab otdilar… U yiqildi, So’ng yana turdi Va yoshgina, Bukri bir askar Qo’ndoq bilan boshiga urdi. U jon berdi… Askarlar esa Shosha-pisha ortga qaytdilar, Sharob ichib mungli qo’shiqni
Yillar o’tib borsa-da, hamon Qo’msab-qo’msab o’qiymiz sizni. Siz bamisli zangori osmon, Biz qo’msaymiz osmonimizni. Olis chag’ir toshli yo’llardan Otda yelib o’tamiz birga, Aylantirib Kumushning oddiy So’zlarini bokira she’rga.
Ona kelib olis qishloqdan O’g’li bilan yashay boshladi Va dasturxon yozilgan choqda Shirmoy nonning chetin tishladi. Yuvib berdi bir bozor kirni, Suvlar quydi so’lgan gullarga.
Bir odam yashardi g’arib, xokisor, Ko’zin yerdan uzmay yashardi… Ammo Har bir odamzotning o’z taqdiri bor: Uni asir etdi bir kuni samo. U qanot yasadi, Dil to’la orzu,
Atlantida cho’kdi. Suv yutdi uni, So’ngdi necha dilning orzu-xayoli. Dengiz ko’pigida ilinib qolib Faqat tirik qoldi bitta chumoli. U jangu-jadalda yelgan kemalar Eshgagiga chiqib zaminga yetdi. Qilichlar qinidan chiqdi va shahar Poyida sovutlar jaranglab ketdi.
Uyg’on qishning xira tongida Va entikib quloq tut – So’nggi bo’ri uvillar tongda. Qo’rqma. Qo’rqma. Qorong’i yo’lga – Bo’ri ulishidek bu uzun yo’lga Otlan. Sadoqatli miltiqni olma. Qo’rqma. Qo’rqma.
Nega shoir bo’lding? – deyman men, — Nega yalpiz tushimga kirdi? …Qo’shnim o’g’li, mening tengdoshim Mirshablikka o’qishga kirdi… — Nega shoir bo’ldim? – deyman, oh… Cho’ntak quruq, kelajak – jumboq. Mirshab qo’shnim yangi uy soldi, Sotib oldi qishloqdan chorbog’.
Erib ketar xira tumanlar, kapalakdek uyg’onar yalpiz. Osmon daryo bo’lib tuyular. o’tlar uzra chopqillaydi ko’z. Qayrag’ochning guli – mitti jom – jaranglaydi – taralar atir. Va tushlarga kirar bu oqshom maysalarni quchoqlab adir.
Men daraxtga aylandim tunda va aksimni ko’rdim osmonda. Yulduzlarni shoximga o’rab boqdim: navo oqdi yaltirab. Kapalakday uxladi dunyo, uxlamadi men kabi daryo.
Bibixonim dahmasi xarobasida so’nggi bor etar va so’nar quyosh. Uyg’ona boshlaydi kun nafasidan mudrab, uxlab qolgan qora qabrtosh. Tor, qiyshiq ko’chalar adashib qolib, ilondek o’rmalar nurafshon tunda. Tovlana boshlaydi qayg’uga to’lib “Ziji Ko’ragon”ning aksi osmonda.
Terimchi qizlar Shoxlardagi qushlarday yengil, Qomatlari – xayol, Quyosh isi anqib turar chehralaridan. Ular To’lib ketgan armonlar kabi Egatlarga sochilgan. Orzulari mezonlar kabi Oppoq-oppoq uchib yurguvchi
Qor yog’ayotgan oqshom Shaharni kezsang, G’ira-shira ko’chalarni Kezsang, qo’llaringni cho’ntakka tiqib, Qor esa erisa lablaringda jim.
Tunda silkitarkan daraxtni shamol, Daraxtlar titrarkan mahzun, bukchayib, Daraxtzor qoshiga kelar bir ayol, Nozik oyoqlarin shabnamga chayib.
Dardday uzun-uzun ko’chani Oyoqlaring besas o’padi. Uxlab qolgan oydin kechani Uyg’otadi sochlaring hidi. Uzoqlardan senga izma-iz Shamol sekin sirg’alib kelar, Yolvoradi u senga unsiz,
Ko’z o’ngimda bepoyon bog’lar, Yaproqlarda tillarang g’ubor. Yaqinlashib qolgandek tog’lar, Havo shunday tiniq, beg’ubor. Shitirlagan tungi yomg’ir ham, Tumanlarni quchoqlagan tong, Qop-qoraygan dala-yu qir ham Bari menga tanish, qadrdon.
Hammani unutib qo’yibman… Hech kimni tanimay va bilmay Qishloqni men kezib yuribman. Bu men-ku, qadrdon jo’ralar, Bu men-ku, qadrdon dalalar, Ovoz yo’q… ko’ksimda titrar jon.