Sahifa yuklanmoqda . . .

Shavkat Odiljon She'rlari

Shavkat Odiljon She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Kimlarnidir qoralaganday, O‘ttizni ham qoraladim, xo‘sh... Yostig‘imning yarimi kabi Yuragimning yarmi hamon bo‘sh.

101
She'r
Shavkat Odiljon

Kimdir mitti nihol o‘tqazdi yerga, Parvarish ayladi necha tong, shomlar. Yillar zamirida o‘sgan daraxtning Tagiga suv quydi oxir odamlar.

141
She'r
Shavkat Odiljon

To‘fonga duch kelgan kapalak misol Kuchimning boricha olg‘a yuraman. O‘qiyman, o‘qiyman va yana alhol, Xayolimda yangi dunyo quraman.

101
She'r
Shavkat Odiljon

Aya, Yosh boshimga qildim ko‘p xato, Biroq xatolarni hech tan olmadim. Ko‘ngil olishni-ku bilmayman, hatto Ko‘ngil berishni ham o‘rganolmadim.

127
She'r
Shavkat Odiljon

Momomning aytishi bo‘yicha bobom Esini yeb qo‘ygan qari chol edi. Dadamning aytishi bo‘yicha bobom Savodi-yu ilmi o‘rta hol edi.

220
She'r
Shavkat Odiljon

Osmon olis edi, osmon jim edi, Soddaman, bilmasdim chaqmoqning kuchin. Tunov kun yoningda turgan kim edi? Ko‘nglimni tarjima qildim sen uchun.

115
She'r
Shavkat Odiljon

Qo‘y, aldama, bermagin firib! “Sevaman”, deb gapirma asti. Axir, qancha yolg‘on gapirib, Deysan yana “So‘zlarim rostdir”.

96
She'r
Shavkat Odiljon

Ko‘pdan beri sevaman uni, Lek aytolmam, so‘zlarim mubham. Ammo u qiz bundan bexabar, Yuragimni bosar zilday g‘am.

107
She'r
Shavkat Odiljon

Onaizor uzoq yig‘ladi,   Esdan chiqdi hatto kimligi.   Ichi yonar, axir poyida yotar bolasining o‘ligi.

414
She'r
Shavkat Odiljon

Ko‘hna dardlarimni yashirmoqchiydim, Qo‘ymoqchi emasdim qo‘ldagi torni. O‘zimni qo‘lingga topshirmoqchiydim, Yomg‘ir — bevaqt dilni yuvib yubordi.

146
She'r
Shavkat Odiljon

Dardlarimni ichga yutdim hammasini, Butun umr go‘yo azob tortgandayman. Ko‘tarolmay o‘z aksimning hamlasini, Ich-ichimdan nurab borayotgandayman.

116
She'r
Shavkat Odiljon

Unutaman! Imzo chekdim. Muhr qo‘ydim. Ne g‘am bo‘lsa, ko‘raverdim. Bilaverding. Axir kimga ko‘ngil qo‘ydim, kimni suydim? Gulni ko‘rsam sen yodimga kelaverding.

124
She'r
Shavkat Odiljon

Ona, o‘lma, agar sen o‘lsang, O‘zim bilmay biror ayb qilmay. Mehr izlab, shirin so‘z izlab, Har eshikda sarg‘ayib yurmay.

137
She'r
Shavkat Odiljon

Qachongacha zog‘lar bilan olishaman Bu tog‘larning sarlochini menman deya. Qachongacha tog‘lar bilan olishaman, Cho‘qqi emas, osmonlarga tengman deya.

101
She'r
Shavkat Odiljon

Ketmang dedi, uzoq yalindi. Men o‘zimni soldim lohasga. Yuragimning yarmi tilindi. Va o‘zimni irg‘itdim pastga.

137
She'r
Shavkat Odiljon

Bog‘ edi, guliston edi chor-atrof, O‘shanda bor edi ishqning salmog‘i. O‘shanda har so‘zni qilardim tavof, Uncha shartmasmidi sevib qolmog‘im.

113
She'r
Shavkat Odiljon

Sizni asramoqlik kelmadi qo‘ldan, Suysam, Sizni faqat she’rlarda suydim. Bag‘rimga ilonlar keldi o‘ng-so‘ldan, Siz-ku... o‘zimni ham boy berib qo‘ydim.

113
She'r
Shavkat Odiljon

Fasl tanlamaydi muhabbat, Visol oni bor to‘rt faslda. Sizni men chin dildan sevaman, Siz meni sevmaysiz aslida.

147
She'r
Shavkat Odiljon